QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят26

وَءَاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَلَا تُبَذِّرْ تَبْذِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qarindoshga haqqini ber! Miskinga va yo`l o`g`liga ham. Isrofgarchilikka mutlaqo yo`l qo`yma.Қариндошга ҳаққини бер! Мискинга ва йўл ўғлига ҳам. Исрофгарчиликка мутлақо йўл қўйма.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qavmi-qarindoshga, miskin va yoʻlovchiga (xayru ehson qilish bilan) haqlarini ato eting va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қавми-қариндошга, мискин ва йўловчига (хайру эҳсон қилиш билан) ҳақларини ато этинг ва исрофгарчиликка йўл қўйманг!

284-sahifa · 15-juz · 29-hizb284-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتِva berва берذَاegasigaэгасигаٱلْقُرْبَىٰqarindoshlikқариндошликحَقَّهُۥhaqqiniҳаққиниوَٱلْمِسْكِينَva miskingaва мискингаوَٱبْنَva oʻgʻligaва ўғлигаٱلسَّبِيلِyoʻlning (koʻchada qolganga)йўлнинг (кўчада қолганга)وَلَاva emasва эмасتُبَذِّرْisrof qilmaисроф қилмаتَبْذِيرًاisrofgarchilik ilaисрофгарчилик ила
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim ota-onaning farzanddagi haqqini bayon qilibgina qolmay, qarindoshlarning ham bir-birlarida haqqi borligini bildirmoqda. Imkoni bor, oʻziga toʻq kishida nochor, yordamga muhtoj qarindoshlarning haqqi bor. Bu haq ularga Alloh tomonidan berilgan. Boy-badavlat kishi oʻz qarindoshlariga yordam berganida, minnat yoki fazlini koʻrsatish uchun emas, balki Alloh amrini ado etish, Alloh belgilagan haqni berish uchun ish qilgan boʻladi. Shuningdek, nochor qarindosh oʻzining boy-badavlat qarindoshidan biror narsa olganda, uning oldida xoru zor boʻlib emas, Alloh unga belgilagan haqni olayotganini tushunib, oʻzini erkin tutib oladi. Shuningdek:

«Miskinga va yoʻl oʻgʻliga ham» haqqini ado et.

«Miskin»–hayot oʻtkazishda moddiy jihatdan qiynalib qolgan kambagʻal odam.

«Yoʻl oʻgʻli»–yurtida boy-badavlat boʻlsa ham, safarda turli sabablarga koʻra nochor iqtisodiy holga tushib qolgan shaxs. Mana shu toifadagi kishilarning ham boy-badavlat musulmonning molu mulkida Alloh tayin qilgan haqqi bor. Qurʼoni Karim boy-badavlat kishilarga ota-ona, qarindosh, miskin va koʻchada qolganlarga qoʻllaridagi molu mulkdan sarflashni amr qilish bilan birga:

«Isrofgarchilikka mutlaqo yoʻl qoʻyma», demoqda.

Islom nuqtai nazarida, isrofgarchilik nohaq, harom-xarish yoʻllarga mol-dunyo sarflashdir. Agar inson boru yoʻgʻini haq yoʻlda sarf qilib bitirsa ham, isrofga yoʻl qoʻygan hisoblanmaydi. Ammo nohaq ishga, harom-xarishga arzimagan pul sarflasa ham, isrofgarchilikka yoʻl qoʻygan boʻladi.