QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят27

إِنَّ ٱلْمُبَذِّرِينَ كَانُوٓا۟ إِخْوَٰنَ ٱلشَّيَـٰطِينِ ۖ وَكَانَ ٱلشَّيْطَـٰنُ لِرَبِّهِۦ كَفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari bo`lganlar. Shayton esa, Robbiga o`ta noshukr bo`lgandir.Албатта, исрофчилар шайтонларнинг биродарлари бўлганлар. Шайтон эса, Роббига ўта ношукр бўлгандир.Alauddin Mansour: Chunki isrof qilguvchilar shaytonlarning doʻstlari boʻlgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir boʻlgandir.Чунки исроф қилгувчилар шайтонларнинг дўстлари бўлган кимсалардир. Шайтон эса Парвардигорига бутунлай кофир бўлгандир.

284-sahifa · 15-juz · 29-hizb284-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلْمُبَذِّرِينَisrofchilarисрофчиларكَانُوٓا۟boʻlganlarбўлганларإِخْوَٰنَbirodarlariбиродарлариٱلشَّيَـٰطِينِ ۖshaytonlarningшайтонларнингوَكَانَva boʻlgandirва бўлгандирٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонلِرَبِّهِۦRobbigaРоббигаكَفُورًۭاoʻta noshukrўта ношукр
TafsirТафсир

Isrofchilar neʼmatning qadriga yetmaydi, unga shukr etmaydi. Agar shukr etsa, oʻshani isrof qilmasdi, neʼmat beruvchi Zotning roziligi yoʻlida sarf etgan boʻlardi. Isrofchilar noshukr boʻlganidan oʻzlariga berilgan neʼmatni botilga, nohaqqa, harom-xarishga, maʼsiyat va yomonlikka sarf qiladi. Ular bu borada shaytonga birodar boʻladi. Shayton esa, noshukrlikda dongʻi ketgandir. Albatta, shaytonga birodar boʻlgan isrofchilarning boshiga ham oʻz birodarlari shaytoni laʼinning boshiga tushgan balo-ofatlar tushishi turgan gap.