QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят28

وَإِمَّا تُعْرِضَنَّ عَنْهُمُ ٱبْتِغَآءَ رَحْمَةٍ مِّن رَّبِّكَ تَرْجُوهَا فَقُل لَّهُمْ قَوْلًا مَّيْسُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz o`giradigan bo`lsang, bas, ularga muloyim so`z aytgin.Агар улардан Роббингдан раҳмат талаб қилган ҳолда юз ўгирадиган бўлсанг, бас, уларга мулойим сўз айтгин.Alauddin Mansour: Agar siz Parvardigoringiz tomonidan boʻladigan marhamatdan umidvor holingizda (hozir qoʻlingizda boʻlmagani sababli xayr-ehson qilish imkonini topmay), ulardan (yaʼni, qavm-qarindosh, miskin va yoʻlovchilardan) yuz oʻgiradigan boʻlsangiz, u holda ularga yumshoq soʻz ayting!Агар сиз Парвардигорингиз томонидан бўладиган марҳаматдан умидвор ҳолингизда (ҳозир қўлингизда бўлмагани сабабли хайр-эҳсон қилиш имконини топмай), улардан (яъни, қавм-қариндош, мискин ва йўловчилардан) юз ўгирадиган бўлсангиз, у ҳолда уларга юмшоқ сўз айтинг!

285-sahifa · 15-juz · 29-hizb285-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِمَّاva agarва агарتُعْرِضَنَّyuz oʻgiradigan boʻlsangюз ўгирадиган бўлсангعَنْهُمُulardanуларданٱبْتِغَآءَtalab qilgan holdaталаб қилган ҳолдаرَحْمَةٍۢrahmatраҳматمِّن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингتَرْجُوهَاuni umid qilibуни умид қилибفَقُلbas, aytginбас, айтгинلَّهُمْulargaуларгаقَوْلًۭاsoʻzсўзمَّيْسُورًۭاmuloyimмулойим
TafsirТафсир

Yaʼni, qoʻlingda beradigan narsang boʻlmasa, ota-ona, qarindosh, miskin va yoʻlda qolganlarga moddiy yordam bera olmay yuz oʻgiradigan boʻlsang, Robbingdan kelajakda senga ham rizq-roʻz–rahmat talab qilgan holda ularga shirin soʻz ayt. «Oʻzimda hech vaqo yoʻq-ku, senlarga nimani berar edim! Boshimni aylantirib kelaverasanlarmi?!» kabi qoʻpol soʻzlarni aytish yaxshi emas. «Kechirasizlar, hozir bir oz qoʻlim qisqaroq boʻlib turuvdi, Allohning rahmatidan umidvormiz, bizga ham neʼmatidan berib qolsa, inshoalloh, sizlarga ham beramiz», kabi shirin soʻzlar aytish kerak.