وَلَا تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَىٰ عُنُقِكَ وَلَا تَبْسُطْهَا كُلَّ ٱلْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًا مَّحْسُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingni bo`yningga bog`lab olma. Uni bir yo`la yozib ham yuborma. Yana, malomat va hasratda o`tirib qolmagin.Қўлингни бўйнингга боғлаб олма. Уни бир йўла ёзиб ҳам юборма. Яна, маломат ва ҳасратда ўтириб қолмагин.Alauddin Mansour: (Baxillik bilan) qoʻlingizni boʻyningizga bogʻlab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan uni butunlay yozib ham yubormang. Aks holda, malomat va nadomatda qolursiz.(Бахиллик билан) қўлингизни бўйнингизга боғлаб ҳам олманг. Исрофгарчилик қилиш билан уни бутунлай ёзиб ҳам юборманг. Акс ҳолда, маломат ва надоматда қолурсиз.
Isrofgarchilikdan qaytarilgandan soʻng ushbu oyatda pulu mol sarfi aslida qanday boʻlishi kerakligi bayon qilinmoqda.
«Qoʻlingni boʻyningga bogʻlab olma.»
Yaʼni, baxil boʻlma. Oyatda baxillik juda ham ajoyib bir tamsil ila vasf qilinmoqda. Qoʻlini boʻyniga bogʻlab olgan odam hech qachon hamyoniga qoʻl sola olmaydi va undan pul olib, birovga nafaqa bera bilmaydi. Demak, baxil odam «Kutilmaganda hamyonimga qoʻl solib, birovga pul berib yubormay» deb, qoʻlini boʻyniga bogʻlab olgan kishiga oʻxshatilmoqda.
«Uni bir yoʻla yozib ham yuborma.»
Yaʼni, qoʻlingni bir yoʻla yozib, bor-yoʻgʻingni boshqalarga berib tugatib ham qoʻyma.
«Yana, malomat va hasratda oʻtirib qolmagin.»
Oʻylamasdan borini behuda sarflab, sariq chaqasiz qolgan odam malomatga uchraydi. Uni hamma malomat qiladi. Notoʻgʻri va nooʻrin tasarrufini qoralaydi. Shuningdek, vaqt oʻtgandan keyin, uning oʻzi ham qilgan ishiga pushaymon boʻlib, hasrat-nadomat chekadi. Islomda har bir narsani meʼyorida qilish tavsiya etiladi. Bir narsani juda oshirib ham yuborilmaydi yoki, aksincha, juda yoʻq darajaga ham tushirib qoʻyilmaydi. Balki, oʻrtacha meʼyorida ado etiladi.
Keyingi oyatda oʻsha, meʼyorida tasarruf qilishga amr etayotgan zotning Oʻzi rizq beruvchi ham ekanligi bayon qilinadi: