إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرًۢا بَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko`rguvchi Zotdir.Албатта, Роббинг ризқни кимга хоҳласа, кенг қилур ёки тор қилур. Албатта, У бандаларидан хабардор ва кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Shubhasiz, Parvardigoringiz Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Albatta, u bandalaridan ogoh va (ularni) koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir.Шубҳасиз, Парвардигорингиз Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур ва (Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. Албатта, у бандаларидан огоҳ ва (уларни) кўриб тургувчи бўлган Зотдир.
Kishilardan baʼzilarining rizqini keng, boy-badavlat qilguvchi ham, baʼzilarining rizqini kesib, kambagʻal-bechora qilguvchi ham Alloh taoloning Oʻzi. Oʻsha Alloh taoloning Oʻzi mol-dunyoni aql ila sarf qilishni amr etmoqda.
«Albatta, U bandalaridan xabardor va koʻrguvchi Zotdir.»
Kimning rizqini keng qilgan boʻlsa, xabardorlik ila va koʻrib- bilib qilgan. Kimning rizqini tor etgan boʻlsa ham, xabardorlik ila koʻrib-bilib turib amr etgan. Uning amrini bajargan kam boʻlmaydi.
Alloh taoloning Oʻzi rizq beruvchi boʻlgach, kimga xohlasa, koʻp, kimga xohlasa, oz rizq beradi: