وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَـٰدَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَـٰقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ ۚ إِنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْـًٔا كَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bolalaringizni faqirlikdan qo`rqib o`ldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni o`ldirish katta xatodir.Болаларингизни фақирликдан қўрқиб ўлдирманг. Биз уларни ҳам, сизларни ҳам ризқлантирамиз. Албатта, уларни ўлдириш катта хатодир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), bolalaringizni yoʻqchiliqdan qoʻrqib oʻldirmangizlar — ularga ham, sizlarga ham Biz oʻzimiz rizq berurmiz. Ularni oʻldirmoq, shak-shubhasiz, katta xatodir.(Эй инсонлар), болаларингизни йўқчилиқдан қўрқиб ўлдирмангизлар — уларга ҳам, сизларга ҳам Биз ўзимиз ризқ берурмиз. Уларни ўлдирмоқ, шак-шубҳасиз, катта хатодир.
Johiliyat davrida arablarda faqirlik va ochlikdan qoʻrqib farzandni tiriklay koʻmib yuborish odati bor edi. Hozirgi zamon johiliyatida ham ochlik yoki koʻp sarf-harajatdan qochib, farzandni tugʻmaslik, bitta yoki ikkitadan orttirmaslik odati keng tarqalgan. Bu, avvalo, eʼtiqod buzuqligiga borib taqaladi. Allohga iymoni yoʻq yoki buzuq aqiydadagi, Alloh hammaga rizq berishga qodirligini inkor etadigan odamgina faqirlikdan qoʻrqib oʻz bolalarini oʻldirishi mumkin.
«Albatta, ularni oʻldirish katta xatodir.»
Katta gunohdir. Allohning roziq ekanligiga iymon keltirmaslikdir.
Bolani oʻldirmaslik haqidagi amrdan soʻng zino qilmaslik haqidagi farmon keladi: