QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят32

وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلزِّنَىٰٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ فَـٰحِشَةً وَسَآءَ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo`ldir.Ва зинога яқинлашманглар. Албатта, у фоҳиша иш ва ёмон йўлдир.Alauddin Mansour: Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir — eng yomon yoʻldir.Зинога яқинлашманглар! Чунки (бу) бузуқликдир — энг ёмон йўлдир.

285-sahifa · 15-juz · 29-hizb285-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَقْرَبُوا۟yaqinlashmanglarяқинлашмангларٱلزِّنَىٰٓ ۖzinogaзиногаإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уكَانَerurэрурفَـٰحِشَةًۭfohisha ishфоҳиша ишوَسَآءَva yomondirва ёмондирسَبِيلًۭاyoʻlйўл
TafsirТафсир

Oyatda «zino qilmanglar» emas, balki «zinoga yaqinlashmanglar», deyilmoqda. Bu degani, zino qilmanglar, degandan koʻra qattiqroqdir. Moʻmin-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yoʻlamasligi kerak. Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda boʻlishi lozim. Chunki:

«Albatta, u fohisha ish va yomon yoʻldir».

Alloh taolo moʻmin-musulmonlarni barcha fohisha ishlar va yomon yoʻllardan qaytargan. Endi esa, ham fohisha ish, ham yomon yoʻl boʻlgan zinodan qaytarmoqda. Moʻmin-musulmonlar bu ishning naqadar xatarli ekanini tushunib yetmoqlari va undan qaytmoqlari lozim.

Ulamolarimiz zinodan qaytarish haqidagi ushbu oyatning, oldingi, farzandlarni oʻldirmaslik haqidagi oyatdan keyin va nohaq odam oʻldirishdan qaytargan oyatdan oldin kelishi bejiz emas, degan fikrni olgʻa surganlar. Chunki, zino–halol-pok yoʻl bilan sarflansa, farzandlar paydo boʻladigan moddani behuda, harom yoʻlda sarf qilishdan iboratdir. Zinokor iloji boricha ushbu harom aloqa tufayli bola boʻlib qolmasligiga urinadi. Mabodo, bola boʻlib qolsa ham, uni tugʻilishidan oldin yoki keyin oʻldiradi. Agar zinodan boʻlgan bola hayotga kelsa ham, haromdan boʻlgani uchun, jamiyatda tirik oʻlik boʻlib yuradi.

Shu bilan birga, zino jamiyatga ham katta zararlar keltiradi, bora-bora uni halok qilishi mumkin. Qadimdan zinoga mubtalo boʻlgan jamiyat va davlatlar halokatga uchrab kelgan.

Endi, umuman nohaqdan odam oʻldirish mumkin emasligi bayon qilinadi: