وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۗ وَمَن قُتِلَ مَظْلُومًا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِۦ سُلْطَـٰنًا فَلَا يُسْرِف فِّى ٱلْقَتْلِ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ مَنصُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli. Kimki mazlum holida o`ldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u o`ldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir.Аллоҳ (ўлдиришни) ҳаром қилган жонни ўлдирманг. Магар ҳақ ила бўлса, майли. Кимки мазлум ҳолида ўлдирилса, унинг валийига ҳақ берганмиз. Бас, у ўлдиришда исроф қилмасин. Албатта, у нусрат берилган одамдир.Alauddin Mansour: Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni (yaʼni, qatl etilishga mustahiq boʻlmagan jonni nohaq oʻldirmangiz, magar haq sharʼiy qonun) bilangina oʻldirishlaringiz mumkindir. Kimki mazlum boʻlgan holida (yaʼni, nohaq) oʻldirilsa, biz uning egasi — vorisi uchun (qasos olishga) saltanat-huquq bergandirmiz. Bas, u (qotilni) oʻldirishda haddan oshmasin (yaʼni, qotilning oʻrniga boshqa birovni oʻldirmasin, yo bir kishining muqobiliga ikki kishini oʻldirmasin, yoki qotilni oʻldirishda uning quloq-burnini kesmasin)! Zero, u (Alloh tomonidan qotilning ustiga) gʻolib qilingan zotdir.Аллоҳ (ўлдиришни) ҳаром қилган жонни (яъни, қатл этилишга мустаҳиқ бўлмаган жонни ноҳақ ўлдирмангиз, магар ҳақ шаръий қонун) билангина ўлдиришларингиз мумкиндир. Кимки мазлум бўлган ҳолида (яъни, ноҳақ) ўлдирилса, биз унинг эгаси — вориси учун (қасос олишга) салтанат-ҳуқуқ бергандирмиз. Бас, у (қотилни) ўлдиришда ҳаддан ошмасин (яъни, қотилнинг ўрнига бошқа бировни ўлдирмасин, ё бир кишининг муқобилига икки кишини ўлдирмасин, ёки қотилни ўлдиришда унинг қулоқ-бурнини кесмасин)! Зеро, у (Аллоҳ томонидан қотилнинг устига) ғолиб қилинган зотдир.
Islomda har bir tirik jon, ayniqsa, odam bolasining joni yuqori qadrlanadi. Jonni hammaga Alloh bergan va uni olishga ham faqat Alloh taoloning Oʻzigina haqlidir. Shuning uchun, hech kimning birovni oʻldirishga haqqi yoʻq.
Islomda sharʼiy hukm ila jonni oʻldirishga uch holatda hukumat yoʻli bilan ruxsat beriladi. Yaʼni, bu ishni har kim oʻzicha emas, balki islomiy hukumat yoʻlga qoʻygan uslub ila amalga oshiradi.
Birinchi holatda: odam oʻldirgan qotilni undan qasos olish uchun oʻldirishga ruxsat beriladi.
Ikkinchi holatda: oilali odam zino qilsa, zinoning jazosi sifatida uni oʻldiriladi.
Uchinchi holatda: dindan qaytgan murtadni ham oʻlimga hukm qilinadi.
Yana boshqa bir holat borki, unda hukumat yo oʻldirishga, yoki boshqa jazo berishga haqli. Bu jazo muhoriblarga, yaʼni, qurolli holda uyushib, elu yurtning, xalqning tinchini buzib, talon-taroj bilan shugʻullangan odamlarga belgilangan jazo boʻlib, ularni oʻldirish, osish, qoʻl oyoqlarini qarama-qarshi tomonidan kesish yoki surgun qilish mumkin. Hukumat sharoitga qarab mazkur jazolardan birini tanlaydi. Boshqa holatlarda odam oʻldirish harom hisoblanadi. Mabodo, ushbu ulkan gunoh sodir etilib, birov nohaqdan oʻldirilsa, uning valiysiga–egasiga haq beriladi.
«Kimki, mazlum holida oʻldirilsa, uning valiysiga haq berganmiz.»
Yaʼni, musulmonlardan kim nohaqdan oʻldirilsa, oʻsha oʻlikning valiysiga–egasiga qasos olish haqqini berganmiz. U, oʻldirilgan shaxsning egasi sifatida, xohlasa, qasos olib, qotilni ham oʻldirishni talab qilishi, xohlasa, xun olib, qotilni oʻldirmay qoʻyishi, xohlasa, umuman, afv qilib yuborishi mumkin.
«Bas, u oʻldirishda isrof qilmasin.»
Yaʼni, oʻlgan bir odamning oʻrniga ikki yoki undan koʻproq odamni oʻldirmasin. Yoki qotilni qiynab, haddan tashqari azoblab oʻldirmasin. Qotil marhumni qanday qilib oʻldirgan boʻlsa, uni ham shunday qilib oʻldirsin. Zotan, «qasos» soʻzining lugʻaviy maʼnosi ham birovning qilganiga oʻxshatish demakdir.
«Albatta, u nusrat berilgan odamdir.»
Yaʼni, marhumning valiysi Alloh tomonidan nusrat berilgan odamdir. Alloh unga qasos olish huquqini berib qoʻyibdi. Shuning oʻzi katta gapdir. Haddan oshish yaxshi emas.
Kishilarning joniga tajovuz qilish man qilingan ish ekanligi aytib boʻlingandan keyin, ularning moliga tajovuz qilish ham harom ekani taʼkidlanadi: