وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ۚ وَأَوْفُوا۟ بِٱلْعَهْدِ ۖ إِنَّ ٱلْعَهْدَ كَانَ مَسْـُٔولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yetimning moliga, toki u balog`at yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila bo`lsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas'ul bo`lgan ishdir.Етимнинг молига, токи у балоғат ёшига етгунча, яқинлашманглар. Магар яхшилик ила бўлса, майли. Аҳдга вафо қилинглар. Албатта, аҳд масъул бўлган ишдир.Alauddin Mansour: Yetimning moliga to u balogʻat yoshiga yetgunicha yaqinlashmanglar, magar eng chiroyli yoʻsinda (unga biron ziyon yetkazmasdan yaqinlashinglar — tasarruf qilinglar). Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd-paymon (Qiyomat Kuni) masʼul boʻlinadigan ishdir.Етимнинг молига то у балоғат ёшига етгунича яқинлашманглар, магар энг чиройли йўсинда (унга бирон зиён етказмасдан яқинлашинглар — тасарруф қилинглар). Аҳдга вафо қилинглар. Зеро, аҳд-паймон (Қиёмат Куни) масъул бўлинадиган ишдир.
Islomda har bir kishining joni kabi, moli ham bedaxldir. Hayotda koʻproq yetimlar haqiga xiyonat uchrab turgani uchun ham, oyatda ularning moliga yomon niyat bilan yaqinlashishdan qaytarilmoqda.
«Yetimning moliga, toki u balogʻat yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila boʻlsa, mayli.»
Kishilarning moliga, umuman, yomon niyat ila yaqinlashib boʻlmaydi. Yetim moliga esa, u balogʻatga yetguncha, mutlaqo yaqinlashish mumkin emas. Chunki, bu vaqtda yosh yetim bola oʻzini ham, molini ham himoya qila olmaydi. Shuning uchun, ularni va mollarini shariat alohida eʼtibor bilan muhofaza etadi.
«Magar yaxshilik ila boʻlsa, mayli» degani, yetimning molini yaxshi niyat bilan koʻpaytirsa yoki homiy u molni yetimning oʻziga sarflasa yoxud homiy oʻzi sarflab, keyin joyiga qaytarib qoʻysa, shu maqsadda yaqinlashsa, boʻladi, deganidir. Bu ishlarda Islom jamiyati masʼuldir.
«Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd masʼul boʻlgan ishdir.»
Ahdga vafo qilishga Islom dini qanchalik katta ahamiyat berishini oʻtgan sura va oyati karimalarda koʻrib oʻtganmiz. Ahdga vafo qilishlik yakka shaxslar va jamoalar orasidagi oʻzaro ishonch, oʻzaro tushunish va hamkorlikning asosidir. Islomda yakka shaxslar, jamoalar, xalqlar va davlatlar orasida ahdga vafo qilishga alohida eʼtibor beriladi. Ahdga vafoli boʻlishda insoniyat tarixida hech kim musulmonlarga teng kelgan emas.
Ahdga vafo qilishga daʼvatdan keyingi oyatda oʻlchash va tortishni toʻliq qilish masalasiga oʻtiladi: