وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ إِذَا كِلْتُمْ وَزِنُوا۟ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`lchagan chog`ingizda to`liq o`lchang va to`g`ri tarozi ila torting. Ana o`sha yaxshidir va oqibati go`zaldir.Ўлчаган чоғингизда тўлиқ ўлчанг ва тўғри тарози ила тортинг. Ана ўша яхшидир ва оқибати гўзалдир.Alauddin Mansour: (Oʻrtalaringizdagi oldi-berdi, savdo-sotiqdan biron narsani) oʻlchagan vaqtlaringizda oʻlchovni toʻla-toʻkis qilinglar va toʻgʻri tarozi bilan tortinglar! Mana shu eng yaxshi va chiroyli yechim — hukmdir.(Ўрталарингиздаги олди-берди, савдо-сотиқдан бирон нарсани) ўлчаган вақтларингизда ўлчовни тўла-тўкис қилинглар ва тўғри тарози билан тортинглар! Мана шу энг яхши ва чиройли ечим — ҳукмдир.
Oldi-berdi chogʻida oʻlchashni toʻgʻri olib borish, biror narsani tortib berishda adolat tarozusi ila tortish ahdga vafo qilishning keng tarqalgan koʻrinishlaridan biridir. Kishilar oʻrtasidagi taomilda doimo mavjud omildir. Toʻgʻri oʻlchab, toʻgʻri tortish omonatdir; qalb pokligining alomatidir; oʻzaro ishonchga bogʻliq narsadir; xayr-baraka omilidir.
Bu sohada ham hech kim musulmonlarga teng kelgan emas. Chunki, bu ishlarni Qurʼoni Karim va hadisi sharif shunchalik koʻp targʻib qilganki, musulmonlar uni eʼtiqodlarining bir qismiga aylantirib olishgan. Keyingi asrlarda Islomning koʻpgina yurtlarda keng tarqalishiga aynan musulmon savdogarlarning toʻliq oʻlchovlari, toʻgʻri tortishlari, birovning haqiga xiyonat etmasliklari, omonat ila muomala qilishlari sabab boʻlgan. Umrida bunday goʻzal axloqni, omonatli, halol-pok kishilarni koʻrmagan turli xalqlar vakillari musulmon savdogarlardan ushbu adolatli muomalalarni koʻrib, bu goʻzal sharofatlarning manbai boʻlgan Islom diniga guruh-guruh boʻlib kira boshlaganlar.
Keyingi oyatda tilni va dilni toʻgʻrilashga amr qilinadi: