QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят36

وَلَا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۚ إِنَّ ٱلسَّمْعَ وَٱلْبَصَرَ وَٱلْفُؤَادَ كُلُّ أُو۟لَـٰٓئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْـُٔولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko`z va dil — ana o`shalar, mas'uldirlar.Ўзинг билмаган нарсага эргашма! Албатта, қулоқ, кўз ва дил — ана ўшалар, масъулдирлар.Alauddin Mansour: (Ey inson), oʻzing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, koʻz, dil — bularning barchasi toʻgʻrisida (har bir inson) masʼul boʻlur (yaʼni, eshitgan, koʻrgan ishongan har bir narsasi uchun kishi Qiyomat Kunida javob beradi).(Эй инсон), ўзинг аниқ билмаган нарсага эргашма! Чунки қулоқ, кўз, дил — буларнинг барчаси тўғрисида (ҳар бир инсон) масъул бўлур (яъни, эшитган, кўрган ишонган ҳар бир нарсаси учун киши Қиёмат Кунида жавоб беради).

285-sahifa · 15-juz · 29-hizb285-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَقْفُergashmaэргашмаمَاnarsagaнарсагаلَيْسَyoʻqйўқلَكَsendaсендаبِهِۦu haqdaу ҳақдаعِلْمٌ ۚilmingилмингإِنَّalbattaалбаттаٱلسَّمْعَquloqқулоқوَٱلْبَصَرَva koʻzва кўзوَٱلْفُؤَادَva dilва дилكُلُّbarchasiбарчасиأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларكَانَerurэрурعَنْهُu haqdaу ҳақдаمَسْـُٔولًۭاmasʼuldirмасъулдир
TafsirТафсир

Islom har bir narsani ilmiy asosda olib borishga daʼvat qiladi. Bilmagan narsadan chetda boʻlishga chaqiradi.

«Oʻzing bilmagan narsaga ergashma!»

Har bir narsani ochiq-oydin va aniq bilib olgachgina unga ishonish va u haqida hukm chiqarish kerak. Gumon bilan, birovning gapiga ishonib, turli noaniq ishoralarga suyanib hukm chiqarish musulmonlarga xos emas. Bilgan narsasini boricha yetkazish ham omonatdir. Quloq nima gapni eshitsa, xiyonat qilmay, oʻsha gapni aniq yetkazishi kerak. Koʻz bir narsani koʻrsa, oʻsha oʻzi koʻrib-bilgan narsaga xiyonat qilmay, u haqda ochiq-oydin maʼlumot berishi kerak. Shuningdek, dil nimani idrok etsa, oʻsha narsani aniqlik bilan yetkazmogʻi zarur. Bu aʼzolarning bilgan, idrok etgan har bir narsasi ilmiy omonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilmaslik katta masʼuliyat hisoblanadi. Koʻz ham, quloq ham, dil ham har bir narsadan masʼuldir. Bu dunyoda boʻlmasa, u dunyoda albatta masʼuldir. Ayniqsa, oxiratdagi ana oʻsha masʼuliyat musulmonlarni ilmiy omonatga hech xiyonat qilmaslikka undagan. Ular doimo bilganlari haqida toʻgʻri maʼlumotlar berganlar. Ushbu oyati karimaga oʻxshash oyatlar, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari ularni doimo ilmiy omonatga xiyonat qilmay toʻgʻri maʼlumotlar berishga chorlab kelgan. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining bir hadislarida: «Gumondan ehtiyot boʻlinglar, chunki gumon eng yolgʻon soʻzdir», deganlar.