وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ ٱلْأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ ٱلْجِبَالَ طُولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor bo`yda tog`larga yeta olmaysan!Ер юзида кибру ҳаво ила юрма! Албатта, сен зинҳор ерни тешиб юбора олмайсан ва зинҳор бўйда тоғларга ета олмайсан!Alauddin Mansour: Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz yerni teshib (uning tubiga) ketolmaysan va boʻyi bastda togʻlarga yetolmaysan. (Bas, bu qadar ojiz ekansan, nechun kibru havo qilursan?!)Ер юзида кибр-ҳаво билан юрмагин! Чунки сен (оёқларинг билан) ҳаргиз ерни тешиб (унинг тубига) кетолмайсан ва бўйи бастда тоғларга етолмайсан. (Бас, бу қадар ожиз экансан, нечун кибру ҳаво қилурсан?!)
Qurʼoni Karim kishilarni tavozuʼli, kamtar boʻlishga chaqiradi. Kibru havo, mutakabbirlik musulmon odamga toʻgʻri kelmaydi. Bu sifatlar iymonli, Allohning ulugʻligini his etgan har bir inson uchun yotdir. Oʻzining ojiz bandaligini unutgan shaxsgina yer yuzida kibru havo ila yuradi. Lekin kibru havo bilan qayerga ham borardi? Nima ham qoʻlidan kelardi? Qurʼoni Karim taʼbiri bilan aytganda, yerni teshib yuborarmidi yoki boʻyi togʻlarga yetib qolarmidi? Hech narsa boʻlmaydi. Bekorga ovora boʻlgani qoladi, xolos.