QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят3

ذُرِّيَّةَ مَنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَبْدًا شَكُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Ey) Nuh bilan birga ko`targanlarimizning zurriyotlari! Albatta, u o`ta shukrli banda edi.(Эй) Нуҳ билан бирга кўтарганларимизнинг зурриётлари! Албатта, у ўта шукрли банда эди.Alauddin Mansour: «(Ey) Biz (gʻarq boʻlishdan qutqarib) Nuh bilan birga (kemada) koʻtarib najot bergan kishilarning zurriyotlari, (sizlar ham Nuhning yoʻlini tutinglar), zero, u doimo shukr qilguvchi banda edi».«(Эй) Биз (ғарқ бўлишдан қутқариб) Нуҳ билан бирга (кемада) кўтариб нажот берган кишиларнинг зурриётлари, (сизлар ҳам Нуҳнинг йўлини тутинглар), зеро, у доимо шукр қилгувчи банда эди».

282-sahifa · 15-juz · 29-hizb282-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذُرِّيَّةَ(ey) zurriyotlari(эй) зурриётлариمَنْkimsalarningкимсаларнингحَمَلْنَاBiz koʻtarganБиз кўтарганمَعَbilan birgaбилан биргаنُوحٍ ۚNuhНуҳإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уكَانَediэдиعَبْدًۭاbandaбандаشَكُورًۭاoʻta shukrliўта шукрли
TafsirТафсир

Dunyoda insoniyat qolmagan paytda Alloh taolo Nuh alayhissalom bilan birga u kishi yasagan kemada toʻfon balosidan qutulib qolgan moʻminlardan zurriyot tarqatib, yer yuzida yangidan odamzotni koʻpaytirdi. Alloh taolo Bani Isroilga oʻsha narsani eslatib turib xitob qilmoqda. Ularning asli ana oʻshanday yaxshi, fazilatli insonlarga qaytishini eslatmoqda. Ulardan oʻrnak olishga chaqirmoqda.

«Albatta, u oʻta shukrli banda edi.»

Nuh alayhissalom oʻta shukrli banda edi. Unga iymon keltirganlar ham oʻta shukrli bandalar edilar. Sizlar ham shukrli boʻlinglar.