وَقَضَيْنَآ إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ فِى ٱلْكِتَـٰبِ لَتُفْسِدُنَّ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوًّا كَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz u kitobda Bani Isroilga, yer yuzida ikki marta buzg`unchilik qilursizlar va katta tug`yonga ketursizlar, deb bildirdik.Биз у китобда Бани Исроилга, ер юзида икки марта бузғунчилик қилурсизлар ва катта туғёнга кетурсизлар, деб билдирдик.Alauddin Mansour: Shuningdek, Biz Bani Isroilga u Kitobda: «Sizlar albatta, (Shom) zaminida ikki marta buzgʻunchilik qilursizlar va katta tugʻyonga tushursizlar», deb xabar berdik.Шунингдек, Биз Бани Исроилга у Китобда: «Сизлар албатта, (Шом) заминида икки марта бузғунчилик қилурсизлар ва катта туғёнга тушурсизлар», деб хабар бердик.
Yaʼni, oʻsha Bani Isroilga hidoyat qilib berilgan Tavrot kitobida ularning kelajakda yer yuzida ikki marta buzgʻunchilik qilishlari, katta tugʻyonga ketib haddan oshishlari ham xabar qilingan edi. Bu xabar Alloh taoloning cheksiz ilmi tufayli bilingan xabar edi. Ularni buzgʻunchilikka, tugʻyonga majburlash emas edi. Bani Isroilning tabiatini yaxshi biladigan Alloh, dunyodagi har bir voqeani boʻlishidan oldin bilib turadigan Alloh ushbu xabarni ham avvaldan bilgan edi.
Oyati karimadagi «yer yuzi»dan murod muqaddas yer–Falastin ekanini tafsirchilarimiz taʼkidlaganlar. Ular oʻzlarida quvvat his qilsalar, koʻtarilish sezsalar, buzgʻunchilikka oʻtadilar. Bani Isroilning tabiati shunday.