فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ أُولَىٰهُمَا بَعَثْنَا عَلَيْكُمْ عِبَادًا لَّنَآ أُو۟لِى بَأْسٍ شَدِيدٍ فَجَاسُوا۟ خِلَـٰلَ ٱلدِّيَارِ ۚ وَكَانَ وَعْدًا مَّفْعُولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`sha ikki(buzg`unchilik)dan birinchisining va'da vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu, qilinishi lozim va'da edi.Бас, ўша икки(бузғунчилик)дан биринчисининг ваъда вақти келганда, устингизга шиддатли куч-қудратга эга бандаларимизни юборамиз. Бас, улар ҳовли-жойларни оралаб кезадилар. Бу, қилиниши лозим ваъда эди.Alauddin Mansour: Bas, qachon u (buzgʻunchilik)lardan avvalgisining vaqti kelganida, Biz sizlarning ustingizga (qilmishlaringiz barobarida) jazolash uchun (kuch-quvvat egalari boʻlgan) bandalarimizni yubordik. Ular (sizlarni halok qilish, asir olish uchun) hovli-joylar oralab kezdilar. (Bu vaʼda) ado qilinguvchi vaʼda boʻldi.Бас, қачон у (бузғунчилик)лардан аввалгисининг вақти келганида, Биз сизларнинг устингизга (қилмишларингиз баробарида) жазолаш учун (куч-қувват эгалари бўлган) бандаларимизни юбордик. Улар (сизларни ҳалок қилиш, асир олиш учун) ҳовли-жойлар оралаб кездилар. (Бу ваъда) адо қилингувчи ваъда бўлди.
Bu Bani Isroilning birinchi buzgʻunchiligidir. Avval ular turli imkonlarga ega boʻlib, muqaddas yerda yuksaladilar. Kuch-quvvatga, sultonga ega boʻladilar. Soʻngra, buzgʻunchilik qilishga oʻtadilar. Oʻshanda, Bani Isroil qilishi kerak boʻlgan
«oʻsha ikki(buzgʻunchilik)dan birinchisining vaʼda vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz».
Chunki, buzgʻunchilik doimo davom etaverishi mumkin emas. Ertami, kechmi buzgʻunchi jazosini tortishi kerak. Sizga qilmishingizning jazosini kuch-quvvatga ega oʻsha bandalarimiz beradi.
«...ular hovli-joylarni oralab kezadilar» va sizlarni topib, azoblab oʻldiradilar. Ulardan qochib qutula olmaysiz.
«Bu, qilinishi lozim vaʼda edi.»
Uni oʻzgartirib ham, kechiktirib ham boʻlmaydi.