QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят6

ثُمَّ رَدَدْنَا لَكُمُ ٱلْكَرَّةَ عَلَيْهِمْ وَأَمْدَدْنَـٰكُم بِأَمْوَٰلٍ وَبَنِينَ وَجَعَلْنَـٰكُمْ أَكْثَرَ نَفِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, sizga ular ustidan g`alabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning adadingizni ko`p qilib qo`ydik.Сўнгра, сизга улар устидан ғалабани қайтардик ва сизга молу дунё ва фарзандлар ила мадад бердик. Ва сизларнинг ададингизни кўп қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Soʻngra (tavba-tazarru qilib oʻzlaringizni oʻnglaganingizdan keyin) Biz sizlarni qaytadan ularning (Bobil hukmdorining) ustiga gʻolib qildik va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berib son-sanoqlaringizni koʻpaytirdik.Сўнгра (тавба-тазарру қилиб ўзларингизни ўнглаганингиздан кейин) Биз сизларни қайтадан уларнинг (Бобил ҳукмдорининг) устига ғолиб қилдик ва сизларга мол-дунё, бола-чақа билан мадад бериб сон-саноқларингизни кўпайтирдик.

282-sahifa · 15-juz · 29-hizb282-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграرَدَدْنَاqaytardikқайтардикلَكُمُsizgaсизгаٱلْكَرَّةَgʻalabaniғалабаниعَلَيْهِمْular ustidanулар устиданوَأَمْدَدْنَـٰكُمva sizga madad berdikва сизга мадад бердикبِأَمْوَٰلٍۢmolu dunyo ilaмолу дунё илаوَبَنِينَva farzandlar (ila)ва фарзандлар (ила)وَجَعَلْنَـٰكُمْva sizlarni qildikва сизларни қилдикأَكْثَرَkoʻpкўпنَفِيرًاnafaringizniнафарингизни
TafsirТафсир

Ey, Bani Isroil, soʻngra tavba-tazarru qildingiz, ana shundan keyin, Biz sizga ular ustidan gʻalabani qaytardik, siz yana dushmaningiz ustidan gʻolib boʻldingiz. Bu ishda sizga yordam sifatida biz molu dunyoingizni va bolalaringizni koʻpaytirish ila madad berdik:

«Va sizlarning adadingizni koʻp qilib qoʻydik».

Ana shu narsalar yordamida dushmaningiz ustidan qayta gʻolib boʻldingiz.