QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят7

إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ ۖ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا ۚ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْـَٔاخِرَةِ لِيَسُـۥٓـُٔوا۟ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا۟ ٱلْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا۟ مَا عَلَوْا۟ تَتْبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yaxshilik qilsangiz, o`zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o`zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg`unchilik)ning va'da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).Агар яхшилик қилсангиз, ўзингиз учун яхшилик қиласиз. Агар ёмонлик қилсангиз ҳам, ўзингиз учундир. Бас, кейинги(бузғунчилик)нинг ваъда вақти келганда, юзингизни қора қилишлари учун, масжидга аввал кирганларидек киришлари учун ва эгаллаган нарсаларини тамоман парчалашлари учун (бандаларимизни юборурмиз).Alauddin Mansour: Agar (shundan keyin) chiroyli amallar qilsangizlar, oʻzlaringizga yaxshilik qilgan boʻlursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham oʻzlaringiz uchundir. Bas, qachon keyingi (buzgʻunchilikning) vaqti-soati kelganida, (ular yana) yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjid (al-Aqso)ga kirib, (uni toptashlari) uchun hamda oʻzlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuborurmiz).Агар (шундан кейин) чиройли амаллар қилсангизлар, ўзларингизга яхшилик қилган бўлурсизлар. Агар ёмон, гуноҳ амаллар қилсангизлар ҳам ўзларингиз учундир. Бас, қачон кейинги (бузғунчиликнинг) вақти-соати келганида, (улар яна) юзларингизни қаро қилишлари, аввалги сафар кирганлари каби Масжид (ал-Ақсо)га кириб, (уни топташлари) учун ҳамда ўзлари эгаллаб олган (барча) ерларни вайрон этишлари учун (яна душманларингизни сизларнинг устингизга юборурмиз).

282-sahifa · 15-juz · 29-hizb282-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنْagarагарأَحْسَنتُمْyaxshilik qilsangizяхшилик қилсангизأَحْسَنتُمْyaxshilik qilasizяхшилик қиласизلِأَنفُسِكُمْ ۖoʻzingiz uchunўзингиз учунوَإِنْva agarва агарأَسَأْتُمْyomonlik qilsangizёмонлик қилсангизفَلَهَا ۚbas, oʻzingiz uchundirбас, ўзингиз учундирفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkelgandaкелгандаوَعْدُvaʼda vaqtiваъда вақтиٱلْـَٔاخِرَةِkeyingisiningкейингисинингلِيَسُـۥٓـُٔوا۟qora qilishlari uchunқора қилишлари учунوُجُوهَكُمْyuzingizniюзингизниوَلِيَدْخُلُوا۟va kirishlari uchunва киришлари учунٱلْمَسْجِدَmasjidgaмасжидгаكَمَاxuddi ...dekхудди ...декدَخَلُوهُunga kirganlaridekунга кирганларидекأَوَّلَavvalаввалمَرَّةٍۢmartaмартаوَلِيُتَبِّرُوا۟va parchalashlari uchunва парчалашлари учунمَاnarsalariniнарсалариниعَلَوْا۟egallaganэгаллаганتَتْبِيرًاtamomanтамоман
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taoloning Bani Isroilga nisbatan xitobi davom etmoqda.

«Agar yaxshilik qilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshilik qilasiz.»

Har kim yaxshilik qilsa, oʻzi uchun qiladi. Shu jumladan, Bani Isroil ham. Buni hamma, jumladan, Bani Isroil ham yaxshi tushunib olmogʻi lozim. Shuningdek:

«Agar yomonlik qilsangiz ham, oʻzingiz uchundir».

Bu qoida umumiy, hamma uchun barobar, oxirat uchun ham, bu dunyo uchun ham joriy qoidadir. Shunga binoan, insonning har bir ishi oʻziga qaytadi. Hamma qilganiga yarasha mukofot yoki jazo oladi. Yaxshilik qilsa ham, yomonlik qilsa ham, oʻziga. Har kim oʻzidan koʻraveradi. Ushbu qoidaga binoan, ey, Bani Isroil, siz yana tugʻyonga ketib buzgʻunchilik qilsangiz:

«Bas, keyingi(buzgʻunchilik)ning vaʼda vaqti kelganda...»

Siz oʻzingizning qilmishingiz, buzgʻunchiligingiz ila oʻsha vaʼdaning yuzaga chiqishiga sabab boʻlganingizda...

«yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuboramiz)».

U bandalarimiz shiddatli kuch-quvvat egalari boʻladilar. Ular sizni qattiq qiynab azoblaydilar. Ular masjidga–Baytul Maqdisga avval qanday kirgan boʻlsalar, shunday kiradilar va oʻzlari egallagan narsalarni tamoman parchalab–yoʻq qilib tashlaydilar.

Tafsirchilarimiz Bani Isroilning ustiga yuborilgan shiddatli kuch-quvvatga ega bandalar kim ekanligi haqida turlicha fikrlar keltiradilar. Yahudiylarning azob-uqubatiga sabab boʻlgan qavmlarning nomlarini ham aytishadi. Ammo, Qurʼoni Karim yoki hadisi sharifda muayyan bir qavmning nomi kelmagan. Shu bilan birga, Alloh taoloning Bani Isroil haddan tashqari tugʻyonga ketganida ularning ustiga shiddatli kuch-quvvatga ega bandalarini yuborishi toʻgʻrisidagi vaʼdasi haqiqatga aylangan. Tarixda bir necha marta takrorlangan, inshoalloh, yana boʻlajak.