QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят8

عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يَرْحَمَكُمْ ۚ وَإِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا ۘ وَجَعَلْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَـٰفِرِينَ حَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.Шояд, Роббингиз сизга раҳим қилса. Агар сиз қайтсангиз, Биз ҳам қайтамиз. Ва жаҳаннамни кофирларга зиндон қилганмиз.Alauddin Mansour: (Agar tavba-tazarru qilsangizlar), shoyad Parvardigorlaringiz sizlarga rahm qilsa. Agar (yana buzgʻunchilikka) qaytsangizlar, biz ham (sizlarni halok etishga) qayturmiz. Biz kofirlar uchun jahannamni zindon qilib qoʻyganmiz.(Агар тавба-тазарру қилсангизлар), шояд Парвардигорларингиз сизларга раҳм қилса. Агар (яна бузғунчиликка) қайтсангизлар, биз ҳам (сизларни ҳалок этишга) қайтурмиз. Биз кофирлар учун жаҳаннамни зиндон қилиб қўйганмиз.

283-sahifa · 15-juz · 29-hizb283-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَسَىٰshoyadшоядرَبُّكُمْRobbingizРоббингизأَن...ki...киيَرْحَمَكُمْ ۚsizga rahm qilsaсизга раҳм қилсаوَإِنْva agarва агарعُدتُّمْqaytsangizқайтсангизعُدْنَا ۘBiz ham qaytamizБиз ҳам қайтамизوَجَعَلْنَاva qilganmizва қилганмизجَهَنَّمَjahannamniжаҳаннамниلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаحَصِيرًاzindonзиндон
TafsirТафсир

Agar siz oʻzingizni bilib, tugʻyonga ketmay, buzgʻunchilik qilmay yursangiz:

«Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa».

Sizni azoblash uchun shiddatli kuch-quvvatga ega, hovli-joylarni aylanib yurib dodingizni beradigan bandalarini yubormay tursa.

«Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz.»

Agar siz tugʻyonga, yer yuzida buzgʻunchilik qilishga qaytsangiz, Biz ham sizlarni azoblash uchun shiddatli kuch-quvvatga ega bandalarimizni yuborishga qaytamiz.

Darhaqiqat, Allohning bu vaʼdasi doimo yuzaga chiqib kelmoqda. Bani Isroil tugʻyonga ketib, yer yuzida buzgʻunchiligi maʼlum darajaga yetgandan soʻng, ularning ustiga kuch-quvvatli bandalarini yubormoqda. Bu hodisalar tarixda maʼlum va mashhur. Bular ushbu dunyo hayotining mojarolaridir. Oxiratning esa, oʻziga yarasha hisob-kitobi bor.

«Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.»

Oʻsha zindondan chiqa olmay, abadiy azobda qolurlar.

Bani Isroil oʻziga hidoyat uchun berilgan kitobga–Tavrotga amal qilmay, bu dunyoyu u dunyoning xorligiga duchor boʻlgani bayon qilinganidan soʻng, kishilarga hidoyat oʻlaroq yuborilgan, ikki dunyo saodatini taʼmin etadigan kitob–Qurʼoni Karim haqida soʻz boshlanadi: