QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят39

ذَٰلِكَ مِمَّآ أَوْحَىٰٓ إِلَيْكَ رَبُّكَ مِنَ ٱلْحِكْمَةِ ۗ وَلَا تَجْعَلْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ فَتُلْقَىٰ فِى جَهَنَّمَ مَلُومًا مَّدْحُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ushbular Robbing senga vahiy qilgan ba'zi hikmatlardir. Alloh bilan birga o`zga iloh qilma. Yana, jahannamga malomat qilingan va quvilgan holingda tashlanmagin.Ушбулар Роббинг сенга ваҳий қилган баъзи ҳикматлардир. Аллоҳ билан бирга ўзга илоҳ қилма. Яна, жаҳаннамга маломат қилинган ва қувилган ҳолингда ташланмагин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu oyatlar Parvardigoringiz sizga vahiy qilgan hikmatlardan ayrimlaridir. Siz Alloh bilan birga yana boshqa biron iloh bor deb, malomatlangan va (Alloh rahmatidan) quvilgan holda jahannamga tashlanmang.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу оятлар Парвардигорингиз сизга ваҳий қилган ҳикматлардан айримларидир. Сиз Аллоҳ билан бирга яна бошқа бирон илоҳ бор деб, маломатланган ва (Аллоҳ раҳматидан) қувилган ҳолда жаҳаннамга ташланманг.

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَushbularушбуларمِمَّآnarsalardandirнарсалардандирأَوْحَىٰٓvahiy qilganваҳий қилганإِلَيْكَsengaсенгаرَبُّكَRobbingРоббингمِنَ-dan-данٱلْحِكْمَةِ ۗhikmatҳикматوَلَاva emasва эмасتَجْعَلْqilmaқилмаمَعَbilan birgaбилан биргаٱللَّهِAllohАллоҳإِلَـٰهًاilohилоҳءَاخَرَoʻzgaўзгаفَتُلْقَىٰbas, tashlanmaginбас, ташланмагинفِىichigaичигаجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамمَلُومًۭاmalomat qilingan holdaмаломат қилинган ҳолдаمَّدْحُورًاquvilgan holdaқувилган ҳолда
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar majmuasi boshida ham Allohga shirk keltirmaslik haqida taʼkid kelgan edi. Soʻngida ham xuddi shunday taʼkid kelmoqda. Tavhid aqiydasi naqadar zaruriy ekanini shundan ham bilib olish mumkin. Shirk keltirish eng notoʻgʻri ish, ulkan zulmdir.

Allohga shirk keltirish, Uning bolasi bor, sherigi bor, deb eʼtiqod qilish qanchalik yomonligini kelgusi oyatlar bayon qiladi: