QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят40

أَفَأَصْفَىٰكُمْ رَبُّكُم بِٱلْبَنِينَ وَٱتَّخَذَ مِنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنَـٰثًا ۚ إِنَّكُمْ لَتَقُولُونَ قَوْلًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingiz sizlarga o`g`illarni xos qilib berib, farishtalarni O`ziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zo`r gapni aytmoqdasiz.Роббингиз сизларга ўғилларни хос қилиб бериб, фаришталарни Ўзига қиз қилиб олдими? Албатта, сизлар зўр гапни айтмоқдасиз.Alauddin Mansour: (Ey mushriklar), Parvardigoringiz sizlarga oʻgʻillarni tanlab berib, Oʻziga farishtalarni qiz qilib oldimi?! Darhaqiqat, sizlar ogʻir soʻzni — katta gunohni soʻzlamoqdasiz!(Эй мушриклар), Парвардигорингиз сизларга ўғилларни танлаб бериб, Ўзига фаришталарни қиз қилиб олдими?! Дарҳақиқат, сизлар оғир сўзни — катта гуноҳни сўзламоқдасиз!

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَأَصْفَىٰكُمْsizlarga xos qilib berdimiсизларга хос қилиб бердимиرَبُّكُمRobbingizРоббингизبِٱلْبَنِينَoʻgʻillarniўғилларниوَٱتَّخَذَva oʻziga oldimiва ўзига олдимиمِنَ-dan-данٱلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalarфаришталарإِنَـٰثًا ۚqizlarniқизларниإِنَّكُمْalbatta, sizlarалбатта, сизларلَتَقُولُونَaytmoqdasizlarайтмоқдасизларقَوْلًاgapniгапниعَظِيمًۭاzoʻrзўр
TafsirТафсир

Arab mushriklari qiz farzandni hech yoqtirmas edilar. Boshqa oyatlarda zikr qilinganidek, ulardan qiz koʻrgani qattiq xafa boʻlib, yuzi qorayib ketar edi. Qiz farzandi boʻlishini oʻziga or deb bilardi. Shuning uchun, koʻpincha qiz farzandlarni tiriklayin koʻmib yuborar edilar.

Aqiyda buzuqligi nimalarga olib borishini qarangki, qiz farzand toʻgʻrisida shunchalar salbiy eʼtiqodda boʻla turib, arab mushriklari: farishtalar Allohning qizlari, deb eʼtiqod qilishar edi. Oyati karimada ularning mazkur notoʻgʻri aqiydalari inkor etilmoqa. Ularga inkor xitobi ila:

«Robbingiz sizlarga oʻgʻillarni xos qilib berib, farishtalarni oʻziga qiz qilib oldimi?» deyilmoqda.

Oʻgʻilni ham, qizni ham Allohning oʻzi beradi. Lekin mushriklar, qoʻllaridan hech narsa kelmasa ham, oʻzlaricha, oʻgʻillarni oʻzlariga, qizlarni Allohga, deb hukm chiqaradilar.

«Albatta, sizlar zoʻr gapni aytmoqdasizlar.»

Sizlarning bu gaplaringizning yomonligi zoʻr gapdir, odobsizligi zoʻr gapdir, jurʼati zoʻr gapdir, uydirmaligi zoʻr gapdir, gunohi zoʻr gapdir.