وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِيَذَّكَّرُوا۟ وَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا نُفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz bu Qur'onda eslashlari uchun bayon qildik. Lekin bu ularga nafratdan o`zgani ziyoda qilmas.Батаҳқиқ, Биз бу Қуръонда эслашлари учун баён қилдик. Лекин бу уларга нафратдан ўзгани зиёда қилмас.Alauddin Mansour: Albatta, Biz bu Qurʼonda ular eslatma (ibrat) olishlari uchun (turli masal va hikmatlarni) bayon qildik. (Lekin bu eslatmalar) ularni yanada (haqdan) yiroqlashtirur.Албатта, Биз бу Қуръонда улар эслатма (ибрат) олишлари учун (турли масал ва ҳикматларни) баён қилдик. (Лекин бу эслатмалар) уларни янада (ҳақдан) йироқлаштирур.
Qurʼonda mushriklarga eslatma boʻlishi uchun turli vaʼz, nasihat va misollar bayon qilindi. Lekin mushriklar bu vaʼz, nasihat va misollarni — Qurʼon oyatlarini eshitgan sari undan qochadilar, nafratlanadilar. Ular oʻzlarining botil aqiydalaridan ajrab qolishdan qoʻrqib shunday qiladilar. Chunki, ularning niyatlari yaxshi emas.