قُل لَّوْ كَانَ مَعَهُۥٓ ءَالِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ إِذًا لَّٱبْتَغَوْا۟ إِلَىٰ ذِى ٱلْعَرْشِ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar, ular aytganidek, U bilan birga boshqa ilohlar bo`lganida, ular Arsh egasi tomon yo`l izlardilar», deb ayt.Сен: «Агар, улар айтганидек, У билан бирга бошқа илоҳлар бўлганида, улар Арш эгаси томон йўл излардилар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar ular aytganlaridek Alloh bilan birga (boshqa) ilohlar ham boʻlsa edi, u holda oʻsha (ilohlar) Arsh Sohibiga (yaʼni, Allohga) qarshi yoʻl izlagan boʻlur edilar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар улар айтганларидек Аллоҳ билан бирга (бошқа) илоҳлар ҳам бўлса эди, у ҳолда ўша (илоҳлар) Арш Соҳибига (яъни, Аллоҳга) қарши йўл излаган бўлур эдилар».
Bu oyat mushriklarning «Allohdan boshqa ibodatga sazovor turli ilohlar bor», degan daʼvolariga raddiyadir. Farazan, mushriklar aytayotganidek, Alloh taolo bilan birga boshqa ilohlar boʻlsa edi, oʻsha ilohlar Arsh egasi boʻlmish Alloh tomon, Unga yaqinlashaman deb yoki Uning mulkiga sohib boʻlaman deb, yoʻl izlagan boʻlar edilar.