QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят44

تُسَبِّحُ لَهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ ٱلسَّبْعُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِۦ وَلَـٰكِن لَّا تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ ۗ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yo`q. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermag`firat Zotdir.Унга етти осмону ер ва улардаги кимсалар тасбиҳ айтур. Унинг ҳамди ила тасбиҳ айтмаган ҳеч бир нарса йўқ. Лекин уларнинг тасбиҳини англамайсизлар. Албатта, у ҳалийм ва сермағфират Зотдир.Alauddin Mansour: Yetti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot (Allohni) poklar. Mavjud boʻlgan barcha narsa hamdu sano aytish bilan U zotni poklar. Lekin sizlar (ey insonlar), ularning tasbeh aytishlarini — poklashlarini anglamassizlar. Darhaqiqat, U halim va magʻfiratli boʻlgan Zotdir.Етти осмон, Ер ва улардаги бор жонзот (Аллоҳни) поклар. Мавжуд бўлган барча нарса ҳамду сано айтиш билан У зотни поклар. Лекин сизлар (эй инсонлар), уларнинг тасбеҳ айтишларини — поклашларини англамассизлар. Дарҳақиқат, У ҳалим ва мағфиратли бўлган Зотдир.

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تُسَبِّحُtasbeh ayturтасбеҳ айтурلَهُUngaУнгаٱلسَّمَـٰوَٰتُosmonlarосмонларٱلسَّبْعُyettiеттиوَٱلْأَرْضُva yerва ерوَمَنva kimsalarва кимсаларفِيهِنَّ ۚulardagiулардагиوَإِنva yoʻqва йўқمِّنhechҳечشَىْءٍbir narsaбир нарсаإِلَّاmagarмагарيُسَبِّحُtasbeh ayturтасбеҳ айтурبِحَمْدِهِۦUning hamdi ilaУнинг ҳамди илаوَلَـٰكِنlekinлекинلَّاemasэмасتَفْقَهُونَanglamassizlarангламассизларتَسْبِيحَهُمْ ۗularning tasbehiniуларнинг тасбеҳиниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уكَانَerurэрурحَلِيمًاhaliymҳалиймغَفُورًۭاsermagʻfiratсермағфират
TafsirТафсир

Arab tilida tasbih aytish «Allohni poklab yod etish» maʼnosini anglatadi. Ushbu oyati karima butun borliq, barcha mavjudot Alloh taoloni aybu nuqsondan poklab tasbih aytishini taʼkidlamoqda.

«Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur.»

Alloh taologa yetti osmon ham tasbih aytadi. Yer ham tasbih aytadi. Oʻsha yetti osmonu yerdagi kimsalar ham tasbih aytadi, poklab yod etadi.

«Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yoʻq.»

Borliqdagi hamma narsa Allohga hamdu sano va tasbih aytadi. Ularning har biri oʻziga xos uslub va oʻz tili ila aytadi.

«Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar.»

Ey insonlar, sizlar gʻaflatda boʻlganingiz uchun, eʼtiborsiz boʻlganingiz uchun, borliqdagi mavjudotlarning Alloh taologa hamdu sano va tasbih aytishlarini anglamaysizlar.

«Albatta, U haliym va sermagʻfirat Zotdir.»

Haliymligidan, butun mavjudot uni poklab yod etib turganda, ojiz inson shirk keltirsa ham, uni darhol azoblamaydi, qoʻyib qoʻyadi. Sermagʻfiratligidan, shuncha beodoblik va gunoh qilsalar ham, tavba etgan bandalarini magʻfirat qilaveradi.

Oʻtgan oyatlardan birida Allohning bayoni mushriklarga nafratdan oʻzgani ziyoda qilmasligi haqida soʻz ketgan edi. Kelasi oyatlarda oʻsha holning sabablari va tafsiloti keladi: