QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят45

وَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ جَعَلْنَا بَيْنَكَ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ حِجَابًا مَّسْتُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon Qur'on qiroat qilsang, sen bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida ko`rinmas parda qilurmiz.Қачон Қуръон қироат қилсанг, сен билан охиратга иймон келтирмайдиганлар орасида кўринмас парда қилурмиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qachon siz Qurʼon qiroat qilganingizda, Biz siz bilan Oxiratga ishonmaydigan kimsalar oʻrtasida koʻrinmas parda qilib (tortib) qoʻyurmiz (bas, ular Qurʼon maʼnolarini anglay olmaslar).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қачон сиз Қуръон қироат қилганингизда, Биз сиз билан Охиратга ишонмайдиган кимсалар ўртасида кўринмас парда қилиб (тортиб) қўюрмиз (бас, улар Қуръон маъноларини англай олмаслар).

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonва қачонقَرَأْتَqiroat qilsangқироат қилсангٱلْقُرْءَانَQurʼonniҚуръонниجَعَلْنَاqilurmizқилурмизبَيْنَكَsen bilanсен биланوَبَيْنَva orasidaва орасидаٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиганبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаحِجَابًۭاpardaпардаمَّسْتُورًۭاkoʻrinmasкўринмас
TafsirТафсир

Ana oʻsha koʻrinmas parda ularni Qurʼonga ishonishdan toʻsib turadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qurʼoni Karimni tilovat qilganlarida, Qurayshning boshliqlari tinglashardi. Ammo undan taʼsirlanib qolmaslik uchun turli choralarni koʻrib, sunʼiy toʻsiqlar paydo qilishga urinishar edi. Bu haqda eng mashhur Islom tarixchilaridan biri, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlari haqidagi dastlabki kitoblardan birining sohibi Ibn Ishoq az-Zuxriydan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Ittifoqo, bir kechada Abu Sufyon ibn Harb, Abu Jahl ibn Hishom va Bani Zahro qabilasining shartnomadoshi al-Axnas ibn Shurayqlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻz uylarida namoz oʻqiyotganlarida quloq solish uchun chiqibdilar. Ulardan har biri alohida-alohida oʻtirib tinglabdi. Bir- biridan xabari yoʻq ekan. Kechasi bilan u zot sollallohu alayhi vasallamga quloq solib, tong otganda tarqalishibdi. Yoʻlda uchrashib qolib, bir-birini malomat qilishibdi. Bir-birlariga, endi qayta kelmaylik, esi past odamlarimiz koʻrib qolsalar, koʻngillariga baʼzi shubhalar tushishiga sabab boʻlamiz, deyishibdi-da, tarqalib ketishibdi. Ikkinchi kechasi esa, ulardan har biri yana oʻz joyiga kelib, yana kechasi bilan (Qurʼon) eshitib chiqibdi. Tong otganda qaytib ketayotib yoʻlda uchrashib qolishibdi va yana bir-birlariga avvalgi gaplarni aytishibdi. Uchinchi kechasi ham kelib, tuni bilan (Qurʼon) eshitib chiqishibdi. Tong otganda qaytib ketayotib, yana avvalgi hol takrorlanibdi. Bir- birlariga: «Qaytib kelmaslikka ahd qilmagunimizcha tarqamaymiz», deyishibdi. Soʻngra, ahdlashib, tarqalishib ketibdilar.

Kunduzi al-Axnas hassasini qoʻliga olib Abu Sufyon ibn Harbning uyiga boribdi va unga:

«Ey, Abul Hakam, Muhammaddan eshitganlaring haqida fikring nima?» debdi. Abu Sufyon:

«Nima eshitdim? Biz Bani Abdu Manof bilan sharaf talashganmiz. Ular ham kishilarga taom berganlar. Biz ham berganmiz. Ular ulov berdilar. Biz ham ulov berdik. Ular xayr-ehson berdilar. Biz ham berdik. Hamma tiz tushib, poygaga qoʻyilgan ikki otday boʻlib qoldi. Shunda ular: «Bizdan Paygʻambar bor, unga osmondan vahiy keladi», dedilar. Biz buni qachon idrok qilamiz? Allohga qasamki, biz hech qachon unga iymon ham keltirmaymiz, uni tasdiq ham qilmaymiz», dedi. Al-Axnas uning oldidan turib ketdi».

Ehtimol, ushbuga oʻxshash nomaʼqul oʻy-fikr va tasavvurlar Muhammad sollallohu alayhi vasallam Qurʼon tilovat qilayotganlarida u kishi bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida koʻrinmas parda boʻlgandir.