QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят46

وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ۚ وَإِذَا ذَكَرْتَ رَبَّكَ فِى ٱلْقُرْءَانِ وَحْدَهُۥ وَلَّوْا۟ عَلَىٰٓ أَدْبَـٰرِهِمْ نُفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qalblariga, uni anglamasliklari uchun, g`ilof qildik va quloqlarini kar qildik. Qachon sen Qur'onda Robbingning yolg`iz O`zini zikr qilsang, ular ortlariga o`girilib qochurlar.Ва қалбларига, уни англамасликлари учун, ғилоф қилдик ва қулоқларини кар қилдик. Қачон сен Қуръонда Роббингнинг ёлғиз Ўзини зикр қилсанг, улар ортларига ўгирилиб қочурлар.Alauddin Mansour: Shuningdek, (Qurʼonni) anglay olmasinlar uchun ularning dillarida toʻsiqlar va quloqlarida ogʻirlik — karlik paydo qilurmiz. Qachon siz Qurʼonda yolgʻiz Parvardigoringizni zikr qilsangiz, (mushriklar) orqalariga burilib qochurlar.Шунингдек, (Қуръонни) англай олмасинлар учун уларнинг дилларида тўсиқлар ва қулоқларида оғирлик — карлик пайдо қилурмиз. Қачон сиз Қуръонда ёлғиз Парвардигорингизни зикр қилсангиз, (мушриклар) орқаларига бурилиб қочурлар.

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva qildikва қилдикعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْqalblarigaқалбларигаأَكِنَّةًgʻiloflarғилофларأَن..masliklari uchun..масликлари учунيَفْقَهُوهُuni anglamasliklariуни англамасликлариوَفِىٓva -daва -даءَاذَانِهِمْquloqlaridaқулоқларидаوَقْرًۭا ۚkarlikкарликوَإِذَاva qachonkiва қачонкиذَكَرْتَzikr qilsangзикр қилсангرَبَّكَRobbingniРоббингниفِى-da-даٱلْقُرْءَانِQurʼondaҚуръондаوَحْدَهُۥyolgʻiz oʻziniёлғиз ўзиниوَلَّوْا۟oʻgirilurlarўгирилурларعَلَىٰٓ-ga-гаأَدْبَـٰرِهِمْortlarigaортларигаنُفُورًۭاnafratlanib qochibнафратланиб қочиб
TafsirТафсир

Yaʼni, oxiratga iymon keltirmaydigan oʻsha mushriklar Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga gʻilof qildik. Oʻsha gʻilof tufayli Qurʼon ularning qalblariga yetib bormaydi. Quloqlarini ham ogʻir, eshitmaydigan qilib qoʻyganmiz, ular Qurʼonni ibrat qulogʻi bilan eshita olmaydilar.

«Qachon sen Qurʼonda Robbingning yolgʻiz Oʻzini zikr qilsang, ular ortlariga oʻgirilib qochurlar.»

Ular Qurʼon eshitib tavhidga yursalar mansablaridan, johiliy obroʻ-eʼtiborlaridan ayrilib qolishlaridan qoʻrqib, ortga qarab qochadilar.