QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят47

نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَسْتَمِعُونَ بِهِۦٓ إِذْ يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ وَإِذْ هُمْ نَجْوَىٰٓ إِذْ يَقُولُ ٱلظَّـٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَّسْحُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ular nima sababdan tinglayotganlarini, ular seni tinglayotganlarida o`zaro pichirlashayotganlarini, zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz.Биз улар нима сабабдан тинглаётганларини, улар сени тинглаётганларида ўзаро пичирлашаётганларини, золимларнинг: «Сизлар сеҳрланган кишига эргашяпсиз, холос», деганларини ҳам яхши билурмиз.Alauddin Mansour: Biz ularning sizga (yaʼni, sizning qiroatingizga) quloq tutayotgan paytlarida nima sababdan quloq tutayotganlarini va oʻzaro shivirlashib, zolim kimsalar (moʻminlarga): «Aniqki sizlar sehrlangan, aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasizlar», deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz.Биз уларнинг сизга (яъни, сизнинг қироатингизга) қулоқ тутаётган пайтларида нима сабабдан қулоқ тутаётганларини ва ўзаро шивирлашиб, золим кимсалар (мўминларга): «Аниқки сизлар сеҳрланган, ақлдан озган кишига эргашмоқдасизлар», деяётганларини жуда яхши билурмиз.

286-sahifa · 15-juz · 29-hizb286-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نَّحْنُBizБизأَعْلَمُyaxshi bilurmizяхши билурмизبِمَاnimaniниманиيَسْتَمِعُونَtinglayotganlariniтинглаётганлариниبِهِۦٓungaунгаإِذْoʻshandaўшандаيَسْتَمِعُونَtinglayotganlaridaтинглаётганларидаإِلَيْكَseniсениوَإِذْva oʻshandaва ўшандаهُمْularуларنَجْوَىٰٓoʻzaro pichirlashayotganlaridaўзаро пичирлашаётганларидаإِذْoʻshandaўшандаيَقُولُderlarдерларٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимларإِنemasэмасتَتَّبِعُونَergashyapsizэргашяпсизإِلَّاfaqatфақатرَجُلًۭاkishigaкишигаمَّسْحُورًاsehrlanganсеҳрланган
TafsirТафсир

Ularning nima uchun Qurʼon tinglayotganlarini yaxshi bilamiz. Ular Qurʼondan manfaat olish, hidoyat topish uchun emas, masxara qilish, ayb topish uchun eshitadilar.

«Ular seni tinglayotganlarida, oʻzaro pichirlashayotganlarini» ham yaxshi bilamiz.

Pichirlashlari ham yaxshilik uchun emas. Ular yomonlik, kufr, shirk yoʻlida pichirlashadilar.

«Zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz.»

Bu gaplarining oʻziyoq ularning Qurʼondan taʼsirlanayotganlarini bildirib turibdi. Oʻsha taʼsirni sezganlaridan, nima deyishlarini bilmay, uni sehrga yoʻyishmoqda. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashgan odamlarga: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deydilar. Demak, Muhammadning gapi oddiy gap emas, sehrlangan odamning gapi, shuning uchun odamlarga taʼsir oʻtkazmoqda, demoqchi boʻladilar.