QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят52

يَوْمَ يَدْعُوكُمْ فَتَسْتَجِيبُونَ بِحَمْدِهِۦ وَتَظُنُّونَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz.У кунда Ул зот сизни чақирур. Бас, сиз Унга ҳамд ила жавоб берурсиз ва (дунёда) фақат озгина турганлигингизни гумон қилурсиз.Alauddin Mansour: U zot sizlarni chorlaydigan kunda Unga hamdu sano bilan javob berursizlar va oʻzlaringizning (dunyoda) juda oz (muddat) turganlaringizni oʻylab qolursizlar.У зот сизларни чорлайдиган кунда Унга ҳамду сано билан жавоб берурсизлар ва ўзларингизнинг (дунёда) жуда оз (муддат) турганларингизни ўйлаб қолурсизлар.

287-sahifa · 15-juz · 29-hizb287-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَu kundaу кундаيَدْعُوكُمْU sizni chaqirurУ сизни чақирурفَتَسْتَجِيبُونَbas, javob berursizбас, жавоб берурсизبِحَمْدِهِۦUnga hamd ilaУнга ҳамд илаوَتَظُنُّونَva gumon qilursizва гумон қилурсизإِنemasэмасلَّبِثْتُمْturganligingizniтурганлигингизниإِلَّاfaqatфақатقَلِيلًۭاozginaозгина
TafsirТафсир

Ha, qayta tirilish mahshar kuni boʻladi. Oʻshanda Robbil Olamiyn Odam Atodan tortib qiyomatgacha yashab oʻtgan hamma xaloyiqni chaqiradi, ularning hammalari «Alhamdulilloh, Alhamdulilloh», deyishdan boshqa javob bera olmaydilar. U kunning dahshatidan hech kimning ogʻziga shundan boshqa soʻz kelmaydi. U kunning dahshati shunchalikki, uni koʻrgan har bir odam «Bu dunyoda hech qancha yashamagan ekanman» deb oʻylab qoladi.

Shu yerga kelganda oxiratni, qayta tirilishni inkor qiluvchilarni eʼtiborsiz tashlab qoʻyib, xitob moʻmin-musulmonlarga qaratiladi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ularga murojaat qilish topshiriladi: