وَقُل لِّعِبَادِى يَقُولُوا۟ ٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ كَانَ لِلْإِنسَـٰنِ عَدُوًّا مُّبِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bandalarimga aytgin, ular eng go`zal bo`lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.Бандаларимга айтгин, улар энг гўзал бўлган нарсани айтсинлар. Албатта, шайтон ораларини бузиб турадир. Албатта, шайтон инсон учун очиқ-ойдин душмандир.Alauddin Mansour: Bandalarimga ayting-ki, ular (oʻzaro soʻzlashganlarida) eng goʻzal soʻzlardan soʻzlasinlar. Zero, shayton ularning oʻrtalarida buzgʻunchilik qilur. Darhaqiqat, shayton insonga ochiq dushmandir.Бандаларимга айтинг-ки, улар (ўзаро сўзлашганларида) энг гўзал сўзлардан сўзласинлар. Зеро, шайтон уларнинг ўрталарида бузғунчилик қилур. Дарҳақиқат, шайтон инсонга очиқ душмандир.
Moʻmin-musulmonlar doimo eng goʻzal va eng yaxshi, eng shirin gaplarni aytsinlar. Bu bilan ular yaxshi natijalarga erishadilar. Eng muhimi, shaytonning sharridin saqlanadilar.
«Albatta, shayton oralarini buzib turadir.»
U bu ishda qabih, qoʻpol soʻzlarni, soʻkish va achchiq kalimalarni ishga soladi. Shu bilan moʻminlar orasida nizo chiqaradi. Agar moʻminlar doim eng goʻzal soʻzlarni ishlatsalar, bu nizolardan xoli boʻladilar.
«Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.»
U dushmanligini hech ham yashirmaydi. Shuning uchun, inson doimo uning dushmanligidan saqlanib turishi kerak.