رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِكُمْ ۖ إِن يَشَأْ يَرْحَمْكُمْ أَوْ إِن يَشَأْ يُعَذِّبْكُمْ ۚ وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q.Роббингиз сизларни яхши билгувчи Зотдир. Хоҳласа, сизга раҳим қилар, хоҳласа сизни азоблар. Ва Биз сени улар устидан қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Parvardigoringiz sizlarni juda yaxshi bilur. Xohlasa sizlarga rahm-shafqat qilur, xohlasa sizlarga azob berur. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni (odamlar) ustiga qoʻriqchi qilib yuborgan emasmiz (yaʼni, sizning vazifangiz faqat Bizning amru farmonlarimizni ularga yetkazmoqdir).(Эй инсонлар), Парвардигорингиз сизларни жуда яхши билур. Хоҳласа сизларга раҳм-шафқат қилур, хоҳласа сизларга азоб берур. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизни (одамлар) устига қўриқчи қилиб юборган эмасмиз (яъни, сизнинг вазифангиз фақат Бизнинг амру фармонларимизни уларга етказмоқдир).
Ey bandalar:
«Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir».
Qiyomat kuni hamma bir xil boʻlib, titrab-qaqshab, faqat Allohga hamd aytishdan boshqa narsaga tili bormay turgani bilan, Alloh har bir bandaning kimligini, nima qilganini ipidan-ignasigacha yaxshi biladi. Hamda oʻsha yaxshi bilish ilmi asosida oʻz xohishiga binoan tasarruf qiladi:
«Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa, sizni azoblar».
Ha, bu dunyodagi ishlarni hisob-kitob qilish, ularga yarasha mukofot yoki jazo berish Alloh taoloning ishidir. Paygʻambarga esa, Allohning taʼlimotini bandalarga yetkazish topshirilgan, xolos. Ey Paygʻambar:
«Biz seni ular ustidan qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq».
Sen ularni qoʻrib, iymonga majburlab kiritishing talab qilinmaydi. Sen ularni ogohlantirib qoʻysang, boʻldi.