وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِمَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ فَضَّلْنَا بَعْضَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ عَلَىٰ بَعْضٍ ۖ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Batahqiq, Biz ba'zi Payg`ambarlarni ba'zilaridan afzal qildik. Va Dovudga Zaburni berdik.Роббинг осмонлару ердаги кимсаларни яхши билгувчи Зотдир. Батаҳқиқ, Биз баъзи Пайғамбарларни баъзиларидан афзал қилдик. Ва Довудга Забурни бердик.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz osmonlar va Yerdagi bor jonzotni juda yaxshi bilur. Haqiqatan, Biz ayrim paygʻambarlarni ayrimlaridan ustun qildik. Biz Dovudga Zaburni ato etdik.Парвардигорингиз осмонлар ва Ердаги бор жонзотни жуда яхши билур. Ҳақиқатан, Биз айрим пайғамбарларни айримларидан устун қилдик. Биз Довудга Забурни ато этдик.
Robbul Olamiyn faqat yerdagi odam bolalarinigina emas, balki: «Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir». Uning ilmi mutlaqdir. Cheksizdir, chegarasizdir. Hamma maxluqotlarini juda yaxshi biladi. Ana oʻsha mutloq ilm asosida: «Batahqiq, Biz baʼzi Paygʻambarlarni baʼzilaridan afzal qildik». Misol uchun, baʼzilariga kitob nozil qildik, baʼzilariga nozil qilmadik. Ayrimlariga koʻp va katta moʻʼjizalar, ayrimlariga oz va kichik moʻʼjizalar berdik va hokazo. «Va Dovudga Zaburni berdik.» Bu ham Paygʻambarlarning birini boshqasidan afzal qilganimiz namunasidir. Shunday boʻlgandan keyin, ey Paygʻambar, Allohga shirk keltirayotganlarga: