QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят56

قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِۦ فَلَا يَمْلِكُونَ كَشْفَ ٱلضُّرِّ عَنكُمْ وَلَا تَحْوِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Undan o`zga o`zingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt.Сен: «Ундан ўзга ўзингизча гумон қилганларингизни чақиринг. Бас, улар сиздан зарарни кушойиш қила олишга ёки буриб юборишга молик эмаслар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «(Allohdan) oʻzga (iloh) deb gumon qilgan kimsalaringizni chorlanglar! Ular sizlardan biron ziyonni arita olmaslar va (uni sizlardan boshqalarga) burib ham yubora olmaslar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «(Аллоҳдан) ўзга (илоҳ) деб гумон қилган кимсаларингизни чорланглар! Улар сизлардан бирон зиённи арита олмаслар ва (уни сизлардан бошқаларга) буриб ҳам юбора олмаслар.

287-sahifa · 15-juz · 29-hizb287-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلِsen aytсен айтٱدْعُوا۟chaqiringчақирингٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниزَعَمْتُمgumon qilganlaringizniгумон қилганларингизниمِّن-dan-данدُونِهِۦUndan oʻzgaУндан ўзгаفَلَاbas, emasбас, эмасيَمْلِكُونَmolik boʻlurlarмолик бўлурларكَشْفَkushoyish qilishgaкушойиш қилишгаٱلضُّرِّzararniзарарниعَنكُمْsizdanсизданوَلَاva emasва эмасتَحْوِيلًاburib yuborishgaбуриб юборишга
TafsirТафсир

Mushriklar, oʻzlaricha, Allohga shirk keltirib, oʻsha sherik xudolaridan umidvor boʻlib yuribdilar. Allohning yagona ibodatga sazovor Zot ekanligini va boshqa sifatlarini inkor qilmoqdalar. Qani, Allohdan oʻzga, oʻzlaricha xudo deb gumon qilib yurgan oʻsha but, jin, ins yoki boshqa narsalarini chaqirsinlar-chi, ularga yordam bera olarmikinlar? Yoʻq, soxta xudolari ulardan hech bir zararni kushoyish qila olmaydilar. Ular zararni boshqa tomonga burib yuborishga ham qodir emaslar. Balki, ular ham Allohning yaratgan narsalaridir.