QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят57

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ ٱلْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُۥ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُۥٓ ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`sha duo qilayotganlari Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi bo`lurlar). Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qo`rqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir bo`lishga loyiqdir.Ана ўша дуо қилаётганлари Роббиларига васийла изларлар, қайсилари яқинроқ эканини (билмоқчи бўлурлар). Унинг раҳматини орзу қилурлар ва азобидан қўрқурлар. Албатта, Роббингнинг азоби ҳазир бўлишга лойиқдир.Alauddin Mansour: Ular (iloh deb) iltijo qiladigan oʻsha kimsalarning oʻzlari ham Parvardigorga qay birlari yaqinroq boʻlish uchun yoʻl izlarlar. U zotning rahmat-marhamatidan umidvor boʻlurlar, azobidan qoʻrqurlar. Parvardigoringizning azobi qoʻrqinchlidir.Улар (илоҳ деб) илтижо қиладиган ўша кимсаларнинг ўзлари ҳам Парвардигорга қай бирлари яқинроқ бўлиш учун йўл изларлар. У зотнинг раҳмат-марҳаматидан умидвор бўлурлар, азобидан қўрқурлар. Парвардигорингизнинг азоби қўрқинчлидир.

287-sahifa · 15-juz · 29-hizb287-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَoʻshakiўшакиيَدْعُونَular duo qilayotganlariулар дуо қилаётганлариيَبْتَغُونَizlarlarизларларإِلَىٰ-ga-гаرَبِّهِمُRobbilarigaРоббиларигаٱلْوَسِيلَةَvasilaвасилаأَيُّهُمْqaysilariқайсилариأَقْرَبُyaqinroqяқинроқوَيَرْجُونَva orzu qilurlarва орзу қилурларرَحْمَتَهُۥUning rahmatiniУнинг раҳматиниوَيَخَافُونَva qoʻrqurlarва қўрқурларعَذَابَهُۥٓ ۚazobidanазобиданإِنَّalbattaалбаттаعَذَابَazobiазобиرَبِّكَRobbingningРоббингнингكَانَerurэрурمَحْذُورًۭاhazir boʻlishga loyiqҳазир бўлишга лойиқ
TafsirТафсир

Mushriklar yaralmishlarni oʻzlariga iloh deb eʼtiqod qilib, oʻshalarga duo–ibodat qilib, hojatlarini soʻrab yuribdilar. Holbuki, ularning

«Ana oʻsha duo qilayotganlari Robbilariga vasila izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi boʻlurlar)».

Chunki, aslida ular xudo emas, xudoning maxluqlaridirlar. Ular oʻzlarining ojizliklarini, Allohdan uzoqlashsalar, ishlari chatoq boʻlishini ham yaxshi biladilar. Shuning uchun, hammalari Alloh taologa yaqin boʻlish uchun vasila izlaydilar. Qaysi birlari Allohga muqarrab boʻlishi uchun musobaqa qiladilar. Mushriklar esa, ana shularni oʻzlariga xudo deb yuribdilar. Ularning rahmatiga yetishni orzu qilib, azobidan qoʻrqib yuribdilar. Holbuki, ularning bu soxta xudolari Allohning

«...rahmatini orzu qilurlar va azobidan qoʻrqurlar».

Oʻzi Allohning rahmati orzuida yurgan kimsa qanday qilib birovni rahmat qila oladi? Oʻzi Allohning azobidan qoʻrqib turgan kimsa qanday qilib birovni azoblay oladi? Buni mushriklar tushunib yetishlari kerak. Boʻlmasa, Allohning azobiga duchor boʻladilar.

«Albatta, Robbingning azobi hazir boʻlishga loyiqdir.»

Shunga qaramasdan, Allohning azobidan qoʻrqmay, bir pulga arzimaydigan narsalarni Unga sherik qilib yurganlarga hayronsan.