QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят58

وَإِن مِّن قَرْيَةٍ إِلَّا نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَـٰبِ مَسْطُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir shahar yo`qki, Biz uni qiyomat kunidan avval halok qilguvchi bo`lmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi bo`lmasak. Bu, kitobda bitilgandir.Ҳеч бир шаҳар йўқки, Биз уни қиёмат кунидан аввал ҳалок қилгувчи бўлмасак ёки шиддатли азоб-ла азобловчи бўлмасак. Бу, китобда битилгандир.Alauddin Mansour: (Yer yuzidagi) bor qishloq-shaharning (barchasini) Biz Qiyomat Kuni (kelishi)dan ilgari halok qilguvchidirmiz yoki qattiq azob bilan azoblaguvchidirmiz. Ushbu hukm Kitobda taqdiri azalda bitilgandir.(Ер юзидаги) бор қишлоқ-шаҳарнинг (барчасини) Биз Қиёмат Куни (келиши)дан илгари ҳалок қилгувчидирмиз ёки қаттиқ азоб билан азоблагувчидирмиз. Ушбу ҳукм Китобда тақдири азалда битилгандир.

287-sahifa · 15-juz · 29-hizb287-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva yoʻqkiва йўқкиمِّنhech birҳеч бирقَرْيَةٍshaharшаҳарإِلَّاmagarмагарنَحْنُBizБизمُهْلِكُوهَاuni halok qilguvchiуни ҳалок қилгувчиقَبْلَavvalаввалيَوْمِkunidanкуниданٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматأَوْyokiёкиمُعَذِّبُوهَاuni azoblovchiуни азобловчиعَذَابًۭاazob-laазоб-лаشَدِيدًۭا ۚshiddatliшиддатлиكَانَerurэрурذَٰلِكَbuбуفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِkitobdaкитобдаمَسْطُورًۭاbitilganбитилган
TafsirТафсир

Alloh taolo dunyodagi turli yurtlarni gunohi va isyoniga yarasha azoblab yoki halok qilib boraveradi. Bu narsa tarixda sobit va shubhasiz haqiqatdir. Borib-borib, qiyomat boʻlishidan oldin, oʻsha vaqtda hozir boʻlganlarning hammasini halok etadi va soʻngra, qiyomatni qoim qiladi.

«Bu, kitobda bitilgandir.»

Yaʼni, hech bir yurt qolmay azobga yoki halokatga uchrashi Allohning huzuridagi kitobda–Lavhul Mahfuzda ochiq-oydin bitilgandir.

Aqli-hushi joyida boʻlgan kishilar uchun shularning oʻzi kifoya. Ammo kofiru mushriklar bularga ishonmay, turli moʻʼjizalar koʻrsatilishini talab qiladilar. Jumladan, ular Muhammad alayhissalomdan ham ana shunday moʻʼjizalar keltirishni talab etishgani maʼlum va mashhur. Bu haqda Qurʼoni Karimning turli sura va oyatlarida qayta-qayta zikr qilingan. Kelasi oyatda ham oʻsha soʻralgan moʻʼjizalar nima uchun keltirilmayotgani bayon etiladi: