رَّبُّكُمُ ٱلَّذِى يُزْجِى لَكُمُ ٱلْفُلْكَ فِى ٱلْبَحْرِ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qo`ygan Zotdir. Albatta, u sizga rahimlidir.Роббингиз, Унинг фазлидан талаб қилишингиз учун денгизда кемани юргизиб қўйган Зотдир. Албатта, у сизга раҳимлидир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Parvardigoringiz Uning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) izlanglar, deb sizlar uchun dengizda kemalarni yurgizib qoʻygan Zotdir. Darhaqiqat, U sizlarga mehribondir.(Эй инсонлар), Парвардигорингиз Унинг фазлу марҳаматидан (ризқу рўз) изланглар, деб сизлар учун денгизда кемаларни юргизиб қўйган Зотдир. Дарҳақиқат, У сизларга меҳрибондир.
Alloh taolo bandalariga mehribon boʻlgani uchun ham, ularga turmush oʻtkazishni osonlashtirib beradi. Masalan, dengizda kemalarni yurgizib qoʻyadi. Bu ish ham Allohning bandalariga mehribonlik ila ato qilgan ulkan neʼmatlaridandir.