وَإِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فِى ٱلْبَحْرِ ضَلَّ مَن تَدْعُونَ إِلَّآ إِيَّاهُ ۖ فَلَمَّا نَجَّىٰكُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَـٰنُ كَفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan o`zga iltijo qiladiganlaringiz g`oyib bo`lur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz o`girasiz. Inson o`zi kufron(i ne'mat) qilguvchidir.Қачон сизни денгизда фалокат тутса, Ундан ўзга илтижо қиладиганларингиз ғойиб бўлур. Қачонки сизга нажот бериб қуруқликка чиқарса, юз ўгирасиз. Инсон ўзи куфрон(и неъмат) қилгувчидир.Alauddin Mansour: Qachon dengizda sizlarga biron musibat yetsa, sizlar iltijo qiladigan butlar gʻoyib boʻlur, faqat Uning Oʻzigina qolur. Endi qachonqi, U zot sizlarga najot berib quruqlikka chiqarib qoʻygach, sizlar Undan yuz oʻgirursiz. Darhaqiqat, inson kufroni neʼmat qilguvchidir.Қачон денгизда сизларга бирон мусибат етса, сизлар илтижо қиладиган бутлар ғойиб бўлур, фақат Унинг Ўзигина қолур. Энди қачонқи, У зот сизларга нажот бериб қуруқликка чиқариб қўйгач, сизлар Ундан юз ўгирурсиз. Дарҳақиқат, инсон куфрони неъмат қилгувчидир.
Alloh taolo bandalarga hayot kechirish oson boʻlsin uchun mehribonlik ila dengizda kema yurgizishi katta neʼmat edi. Bandalar bu neʼmatga qanchalar shukr qilsalar, shuncha oz edi. Ammo ulardan baʼzilari noshukr boʻlib, Allohning yoʻlidan toyib, shaytonning yoʻlidan yuradilar. Oʻzlariga Allohdan oʻzgani valineʼmat tutadilar. Endi, bordi- yu, Alloh bergan neʼmatdan foydalanib, dengizda kemaga minib ketayotganlarida falokat yuz berib qolsa, oʻzlarini boshqacha tutadilar:
«Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan oʻzga iltijo qiladiganlaringiz gʻoyib boʻlur».
Dengizda falokatga yoʻliqish quruqlikdagi falokatga qaraganda tahlikaliroq boʻladi. Oʻziga xos qoʻrqinch va talvasalari bor. Shuning uchun ham, dengizda falokatga yoʻliqqan odam, kim boʻlishidan qatʼinazar, darhol, bevosita Alloh taologa iltijo qila boshlaydi. Agar kofir boʻlsa ham, Allohga yolborib madad soʻraydi. Mushrik boʻlsa, soxta xudolarini qoʻyib, biru bor Allohning Oʻziga yolboradi.
«Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz oʻgirasiz.»
Falokat vaqtida yolgʻiz Allohga iltijo qilgan bandaning noshukrligi falokatdan qutulgandan keyin yuzaga chiqadi. Alloh taolo unga najot berib, falokatdan qutqarib, quruqlikka chiqarsa, banda hech narsa boʻlmaganday, avvalgi holicha qolib, Allohning yoʻlidan yuz oʻgirib ketaveradi. Falokatdan qutulgandan keyin qoʻrqinchli holini unutadi. Allohni ham yoddan chiqaradi.
«Inson oʻzi kufron(i neʼmat) qilguvchidir.»
Bulardan iymoni borlar mustasno, ular doimo Allohning neʼmatiga shukr etib, doimo ibodatida sobit qadam boʻladilar. Kofirlar kofirligicha qoladiki, kelasi oyatda ana shunday noshukrlarga xitob qilinadi: