QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят70

۞ وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِىٓ ءَادَمَ وَحَمَلْنَـٰهُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَرَزَقْنَـٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ وَفَضَّلْنَـٰهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo`ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko`tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O`zimiz yaratgan ko`p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo`ydik.Батаҳқиқ, Биз Бани Одамни азизу мукаррам қилиб қўйдик ва уларни қуруқлигу денгизда (улов-ла) кўтардик ҳамда уларни пок нарсалар ила ризқлантирдик ва уни Ўзимиз яратган кўп нарсалардан мутлақо афзал қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni barru-bahrda — quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qoʻydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizqu roʻz berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan juda koʻp jonzotlardan afzal-ustun qilib qoʻydik.Дарҳақиқат, Биз Одам болаларини азиз-мукаррам қилдик ва уларни барру-баҳрда — қуруқлик ва денгизда (от-улов ва кемаларга) чиқариб қўйдик ҳамда уларга ҳалол-пок нарсалардан ризқу рўз бердик ва уларни Ўзимиз яратган жуда кўп жонзотлардан афзал-устун қилиб қўйдик.

289-sahifa · 15-juz · 29-hizb289-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқكَرَّمْنَاazizu mukarram qilib qoʻydikазизу мукаррам қилиб қўйдикبَنِىٓfarzandlariniфарзандлариниءَادَمَOdamОдамوَحَمَلْنَـٰهُمْva ularni koʻtardikва уларни кўтардикفِى-da-даٱلْبَرِّquruqlikқуруқликوَٱلْبَحْرِva dengizdaва денгиздаوَرَزَقْنَـٰهُمva ularni rizqlantirdikва уларни ризқлантирдикمِّنَ-dan-данٱلطَّيِّبَـٰتِpok narsalarпок нарсаларوَفَضَّلْنَـٰهُمْva ularni afzal qildikва уларни афзал қилдикعَلَىٰustidanустиданكَثِيرٍۢkoʻp narsalarкўп нарсаларمِّمَّنْkimlardankiкимларданкиخَلَقْنَاOʻzimiz yaratganЎзимиз яратганتَفْضِيلًۭاmutlaqo afzallik ilaмутлақо афзаллик ила
TafsirТафсир

Alloh taolo borliqdagi turli-tuman mavjudotlarni bir-biridan afzal qilib yaratgan Zot. Ana oʻsha Zot ushbu oyati karimada odam bolasini borliqdagi hamma narsadan azizu mukarram qilib yaratganining xabarini bermoqda:

«Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qoʻydik».

Avvalo, odamning shakli, barcha aʼzolarining tuzilishi azizu mukarramlikdan dalolat berib turadi. Boshqa maxluqotlarda bu shakl, bu mutanosiblik va bu kabi aʼzolar yoʻq. Soʻngra, Alloh taolo odamni Oʻz qoʻli bilan yaratib mukarram qildi. Oʻz ruhidan jon puflab ulugʻladi. Bunday sharafga hech bir maxluqot muyassar boʻlgan emas. Shu boisdan ham, inson azizu mukarramdir. Alloh taolo, yana, odam bolasini Oʻzi bergan aql bilan mukarram qilib qoʻydi. Aqli bilan inson boshqa hamma maxluqotlardan ustun turadi. U, Alloh bergan aql ila turli tadbirlar qiladi, narsalar ishlab chiqaradi, boshqa maxluqotlarni oʻz foydasiga ishlatadi. Bularning hammasi insonni Alloh azizu mukarram qilib qoʻyganining namunalaridir.

Alloh taolo insonga vahiy tushiradi. Odamlar ichidan Paygʻambar tanlab oladi. Paygʻambarlarga ilohiy kitoblar nozil etadi. Shariat hukmlarini yuboradi. Bularning barchasi Alloh insonni azizu mukarram qilganiga namunadir.

Alloh taolo odamni Oʻzining yer yuzidagi xalifasi qilishi ham shunga dalolatdir.

Alloh taolo oxirgi indirgan kitobi Qurʼoni Karimda:

«Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qoʻydik», deb eʼlon qilishining oʻzi ham katta obroʻ-eʼtibordir.

«...va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) koʻtardik...»

Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi uchun turli ulovlarni yaratib, shunga binoan qonun-qoidalarni joriy qilib qoʻydi. Inson quruqlikda turli hayvonlar va naqliyot vositalarida yurib, ogʻir ishlarni yengillik ila bajaradi. Odamlarni koʻtaradigan, unga ulov boʻlib xizmat qiladigan markablar Alloh taoloning maxluqlari boʻlib, ular Janobi Haq joriy etgan qonun- qoida asosida ulovlik vazifasini bajaradi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir.

Shuningdek, Alloh taolo inson uchun suvda choʻkmaydigan turli moddalarni yaratib, ularga maʼlum shakllarni berishni ilhom etib, dengizlarda suzib yuradigan ulovlarni oʻzi joriy qilgan qonun- qoidalar asosida harakatlanadigan etib qoʻydi. Bu ham Allohning odam bolasini azizu mukarram qilganidandir.

«...hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik...»

Alloh taolo odam bolasiga barcha pok narsalarni rizq qilib bergan. Ularni sanab sanogʻiga yetib boʻlmaydi. Odam bu pok rizqlardan toʻgʻri foydalanib, ularni bergan Zotga shukr qilsa, juda yaxshi boʻladi. Ana shu sonsiz pokiza rizqlarning berilishi ham Alloh taolo odam bolasini azizu mukarram qilib qoʻyganidandir.

«...va uni Oʻzimiz yaratgan koʻp narsalardan mutlaqo afzal qilib qoʻydik.»

Yaʼni, odam boshqa maxluqotlardan mutlaqo afzal sanaladi. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yoʻqdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat xizmatkordir. Lekin bu afzallikning javobgarligi ham bor. Qiyomat kuni har bir berilgan afzallik va neʼmatlardan soʻraladi. Hisob-kitob qilinadi.