QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят71

يَوْمَ نَدْعُوا۟ كُلَّ أُنَاسٍۭ بِإِمَـٰمِهِمْ ۖ فَمَنْ أُوتِىَ كِتَـٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ يَقْرَءُونَ كِتَـٰبَهُمْ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz barcha odamlarni o`z imomlari ila chaqiradigan kunni (esla). Kimga kitobi o`ng tomonidan berilsa, bas, ana o`shalar kitoblarini o`qirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas.Биз барча одамларни ўз имомлари ила чақирадиган кунни (эсла). Кимга китоби ўнг томонидан берилса, бас, ана ўшалар китобларини ўқирлар ва уларга қилчалик зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Biz har bir odamni oʻz nomai aʼmoli bilan chorlaydigan (Qiyomat) kunini eslangiz! Bas, kimgaki oʻz kitobi — nomai aʼmoli oʻng qoʻlidan berilsa, ana oʻsha kishilar oʻzlariga qilchalik zulm qilinmagan holida, nomai aʼmollarini oʻqurlar (yaʼni, unda bu dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi amallarining savobi bitilgan boʻlur).Биз ҳар бир одамни ўз номаи аъмоли билан чорлайдиган (Қиёмат) кунини эслангиз! Бас, кимгаки ўз китоби — номаи аъмоли ўнг қўлидан берилса, ана ўша кишилар ўзларига қилчалик зулм қилинмаган ҳолида, номаи аъмолларини ўқурлар (яъни, унда бу дунёда қилиб ўтган барча яхши амалларининг савоби битилган бўлур).

289-sahifa · 15-juz · 29-hizb289-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkunni (esla)кунни (эсла)نَدْعُوا۟Biz chaqiramizБиз чақирамизكُلَّbarchaбарчаأُنَاسٍۭodamlarniодамларниبِإِمَـٰمِهِمْ ۖoʻz imomlari ilaўз имомлари илаفَمَنْbas, kimgaбас, кимгаأُوتِىَberilsaберилсаكِتَـٰبَهُۥkitobiкитобиبِيَمِينِهِۦoʻng tomonidanўнг томониданفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларيَقْرَءُونَoʻqirlarўқирларكِتَـٰبَهُمْkitoblariniкитоблариниوَلَاva emasва эмасيُظْلَمُونَzulm qilinmasзулм қилинмасفَتِيلًۭاqilchalikқилчалик
TafsirТафсир

Barcha odamlar oʻz imomlari ila chaqiriladigan kun – Qiyomat kunidir. «Imom» deb boshqalarni ergashtiruvchi, oldga tushib yuruvchilarga aytiladi. Goho «imom» soʻzidan odamlarning nomai aʼmol kitoblari ham qasd qilinadi. Shundan kelib chiqilsa,

«Biz barcha odamlarni oʻz imomlari ila chaqiradigan kunni (esla)» jumlasidagi «imom» har bir kishining bu dunyoda qilgan amallari bitilgan «nomai aʼmollari»dir.

Demak, qiyomat kuni Alloh har bir insonni nomai aʼmoli bilan chaqiradi. Yaʼni, qiyomat boʻlib, hamma qayta tirilib, mahsharga toʻplanganida, hammaga nomai aʼmoli beriladi. Oʻshanda:

«Kimga kitobi oʻng tomonidan berilsa, bas, ana oʻshalar kitoblarini oʻqirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas».

Nomai aʼmol kitobi oʻng tomonidan berilishi yaxshilik alomati. Ahli jannatlarning, yaʼni, jannatga eltuvchi amal qilib oʻtganlarning nomai aʼmol kitobi oʻng tomonidan beriladi. Ana oʻshanda ular amallari bitilgan kitoblarini maroq bilan oʻqiydilar. Yorugʻ dunyoda ana shunday ishlar qilib yashaganlaridan mamnun boʻladilar. Ularga ajru savoblar toʻlaligicha beriladi, zarracha zulm qilinmaydi.