QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят72

وَمَن كَانَ فِى هَـٰذِهِۦٓ أَعْمَىٰ فَهُوَ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ أَعْمَىٰ وَأَضَلُّ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim bu dunyoda ko`r-gumroh bo`lsa, u oxiratda yanada ko`r-gumroh va yanada yo`ldan adashganroq bo`ladir.Ким бу дунёда кўр-гумроҳ бўлса, у охиратда янада кўр-гумроҳ ва янада йўлдан адашганроқ бўладир.Alauddin Mansour: Kimki, bu dunyoda koʻr-gumroh ekan, bas, u Oxiratda ham koʻr va butunlay yoʻldan ozguvchidir.Кимки, бу дунёда кўр-гумроҳ экан, бас, у Охиратда ҳам кўр ва бутунлай йўлдан озгувчидир.

289-sahifa · 15-juz · 29-hizb289-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимكَانَboʻlsaбўлсаفِى-da-даهَـٰذِهِۦٓbu (dunyo)бу (дунё)أَعْمَىٰkoʻr-gumrohкўр-гумроҳفَهُوَbas, uбас, уفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratохиратأَعْمَىٰkoʻr-gumrohкўр-гумроҳوَأَضَلُّva yanada adashganroqва янада адашганроқسَبِيلًۭاyoʻldanйўлдан
TafsirТафсир

Bu dunyodan koʻr-gumroh holida — iymonsizlikda, gunoh va isyon qilib oʻtsa, u dunyoda bundan ham battar koʻr va gumroh boʻladi. Qiyomat toʻpolonida nima qilishini bilmay giryon uradi. Xoru zorlikka yoʻliqadi. Umuman, yuradigan yoʻlini topa olmay, sarson-sargardon boʻlib, oxiri doʻzaxga tushadi. Oxiratda shunday. Bu dunyoda esa, oʻzlari koʻr-gumroh boʻlganlari yetmagandek, boshqalarni ham ergashtirishga urinadilar. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ham yoʻldan urmoqchi boʻladilar: