وَإِن كَادُوا۟ لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ لِتَفْتَرِىَ عَلَيْنَا غَيْرَهُۥ ۖ وَإِذًا لَّٱتَّخَذُوكَ خَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Seni Biz vahiy qilgan narsadan fitna orqali burib, Bizning sha'nimizga boshqasini uydirishingga undashlariga oz qoldi. Shunday bo`lgan taqdirda, albatta, seni do`st tutar edilar.Сени Биз ваҳий қилган нарсадан фитна орқали буриб, Бизнинг шаънимизга бошқасини уйдиришингга ундашларига оз қолди. Шундай бўлган тақдирда, албатта, сени дўст тутар эдилар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklar) sizni Bizning shaʼnimizga, (vahiydan) oʻzga narsalarni toʻqib chiqarishingiz uchun — Biz sizga vahiy qilgan oyatlardan aldab-burib yuborishlariga oz qoldi. U holda, (yaʼni, ularning yoʻriqlariga yursangiz), sizni doʻst qilib olgan boʻlur edilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушриклар) сизни Бизнинг шаънимизга, (ваҳийдан) ўзга нарсаларни тўқиб чиқаришингиз учун — Биз сизга ваҳий қилган оятлардан алдаб-буриб юборишларига оз қолди. У ҳолда, (яъни, уларнинг йўриқларига юрсангиз), сизни дўст қилиб олган бўлур эдилар.
Mushriklar turli yoʻllar bilan Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Alloh yuborgan vahiydan burib yuborishga koʻp urinib koʻrganlar.
Misol uchun, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga: «Bizning va ota-bobolarimizning butlarimizni soʻkishni, tanqid qilishni toʻxtatsang, biz sening ilohingga ibodat qilamiz», deyishgan.
Shuningdek, kofir boshliqlardan baʼzilari kelib Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga: «Bizga kambagʻallardan alohida majlis tayin qilgin», deyishgan.
Shunga oʻxshash anchagina takliflar boʻlganligi tarixdan maʼlum va mashhur. Agar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ularning takliflarini qabul qilsalar, Allohning vahiyidan burilgan boʻlar edilar. Agar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ularning takliflariga koʻnsalar, Allohning shaʼniga, U zot indirgan vahiyga boshqa narsani uydirgan boʻlar edilar. Mushriklar esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ayni shu holdagina, yaʼni, Alloh vahiy qilgan narsadan burilib, Allohning shaʼniga vahiydan boshqa narsani uydirganlaridagina rozi boʻlardilar va u kishini doʻst tutar edilar.