QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят74

وَلَوْلَآ أَن ثَبَّتْنَـٰكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْـًٔا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, batahqiq, ularga bir oz bo`lsa-da, moyil bo`lishingga oz qolar edi.Агар Биз сени собит қилмаганимизда, батаҳқиқ, уларга бир оз бўлса-да, мойил бўлишингга оз қолар эди.Alauddin Mansour: Agar Biz sizni (haq yoʻlda) qilmaganimizda, siz ularga bir qadar moyil boʻlishingizga oz qoldi.Агар Биз сизни (ҳақ йўлда) қилмаганимизда, сиз уларга бир қадар мойил бўлишингизга оз қолди.

289-sahifa · 15-juz · 29-hizb289-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْلَآva agar boʻlmagandaва агар бўлмагандаأَن-ki-киثَبَّتْنَـٰكَBiz seni sobit qilganimizБиз сени собит қилганимизلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқكِدتَّoz qolar ediоз қолар эдиتَرْكَنُmoyil boʻlishinggaмойил бўлишинггаإِلَيْهِمْulargaуларгаشَيْـًۭٔاnarsagaнарсагаقَلِيلًاozginaозгина
TafsirТафсир

Hazrati Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning, «qani endi hamma odamlar moʻmin-musulmon boʻla qolsa» degan ragʻbatlari juda ham kuchli edi. Baʼzan daʼvat foydasini koʻzlab, koʻngillariga mushriklarning katta boshliqlarini yoʻlga solish uchun tadbir axtarish xayoli va boshqa baʼzi murosa muomalalari ham kelar edi. Shunday hollarda Alloh taolo darhol vaziyatga Oʻzi aralashib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni toʻgʻri yoʻlda sobitqadam qilar edi. Bunga «Abasa» surasining avvalgi qismi tushishiga sabab boʻlgan Abdulloh ibn Ummu Maktumning qissasi misol boʻla oladi. Vahiydan ogʻishdan Alloh taoloning Oʻzi asrab turganligi hamda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shaxslarining ahamiyati ushbu holda yaqqol bilinadi.