إِذًا لَّأَذَقْنَـٰكَ ضِعْفَ ٱلْحَيَوٰةِ وَضِعْفَ ٱلْمَمَاتِ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday bo`lgan taqdirda Biz senga hayot (azobini) ham ikki hissa, mamot (azobini) ham ikki hissa tottirgan bo`lardik. So`ngra, o`zing uchun Bizga qarshi yordamchi topa olmas eding.Шундай бўлган тақдирда Биз сенга ҳаёт (азобини) ҳам икки ҳисса, мамот (азобини) ҳам икки ҳисса тоттирган бўлардик. Сўнгра, ўзинг учун Бизга қарши ёрдамчи топа олмас эдинг.Alauddin Mansour: U holda, albatta, Biz sizga dunyo (azobini) ham, Oxirat (azobini) ham ikki hissa qilib totdirgan boʻlur edik, soʻngra oʻzingiz uchun Bizga qarshi biron madadkor topa olmagan boʻlur edingiz.У ҳолда, албатта, Биз сизга дунё (азобини) ҳам, Охират (азобини) ҳам икки ҳисса қилиб тотдирган бўлур эдик, сўнгра ўзингиз учун Бизга қарши бирон мададкор топа олмаган бўлур эдингиз.
Yaʼni, ularga bir oz boʻlsa-da moyillik bildirsang, Biz senga bu dunyoda beradigan azobni ham, u dunyoda beradigan azobni ham ikki barobar qilib berar edik. Senga yordam beruvchi ham boʻlmas edi.