وَإِن كَادُوا۟ لَيَسْتَفِزُّونَكَ مِنَ ٱلْأَرْضِ لِيُخْرِجُوكَ مِنْهَا ۖ وَإِذًا لَّا يَلْبَثُونَ خِلَـٰفَكَ إِلَّا قَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular seni bu yerda bezovta qilib, undan seni chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Shunday bo`lgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar.Улар сени бу ерда безовта қилиб, ундан сени чиқариб юборишларига оз қолди. Шундай бўлган тақдирда, сендан кейин улар озгина муддатдан бошқа тура олмаслар.Alauddin Mansour: Ular sizni bu trdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun (turli makr-hiylalar bilan) qoʻzgʻatib yuborishlariga oz qoldi. U holda, ularning oʻzlari ham sizdan keyin ozgina (muddat) tura oladilar, xolos (soʻngra, albatta halok qilinurlar).Улар сизни бу tрдан (Маккадан) чиқариб юбориш учун (турли макр-ҳийлалар билан) қўзғатиб юборишларига оз қолди. У ҳолда, уларнинг ўзлари ҳам сиздан кейин озгина (муддат) тура оладилар, холос (сўнгра, албатта ҳалок қилинурлар).
Yaʼni, Makka mushriklari seni bezovta qilib, u yerdan chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Darhaqiqat, ular Dorun Nadvada va boshqa joylarda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarshi qilgan maslahatlarida, u zot sollallohu alayhi vasallamni Makkadan chiqarib yuborish masalasini ham oʻrtaga qoʻygan edilar. Ammo, bu borada kelisha olmay, u zot sollallohu alayhi vasallamni Makkadan haydab chiqara olmagan edilar.
«Shunday boʻlgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar.»
Bu qilmishlari uchun Alloh taolo ularni halok qilgan boʻlardi. Alloh ularni halok qilishni istamagani uchun Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni Makkadan chiqarishlariga yoʻl qoʻymadi. Balki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlariga chiqib ketishni amr qildi.