سُنَّةَ مَن قَدْ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِن رُّسُلِنَا ۖ وَلَا تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحْوِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga o`zgartirish topa olmaysan.Бу сендан олдин юборган Пайғамбарларимизнинг суннатидир. Бизнинг суннатимизга ўзгартириш топа олмайсан.Alauddin Mansour: (Oʻz paygʻambarlarini quvib chiqargan qavmning halok qilinishi) sizdan ilgari yuborgan paygʻambarlarimizdan qolgan yoʻl-qonundir. Siz hargiz Bizning qonunimiz oʻzgarganini koʻrmaysiz.(Ўз пайғамбарларини қувиб чиқарган қавмнинг ҳалок қилиниши) сиздан илгари юборган пайғамбарларимиздан қолган йўл-қонундир. Сиз ҳаргиз Бизнинг қонунимиз ўзгарганини кўрмайсиз.
Yaʼni, Paygʻambarni bezovta etib, oʻz yurtidan quvib chiqargan nobakorlarni halok etish odati sendan oldin yuborilgan Paygʻambarlarga nisbatan ham joriy qilinib kelingan. Chunki, Alloh yuborgan Paygʻambarni bezovta etib, oʻz yurtidan haydab chiqarish katta nobakorlikdir. Bu ishga eʼtiborsizlik bilan qarab boʻlmaydi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oxirgi Paygʻambar boʻlishlarini va u kishining shariatlari qiyomat kunigacha turishi lozimligini iroda qilgani uchun ham, Alloh taolo u zotning qavmlarini tag-tomiri bilan halok etishni xohlamadi. Binobarin, ularni tamoman halok boʻlishlariga sabab boʻluvchi ishlardan saqladi.
Keyingi oyatlarda Alloh taolo Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, boshqa narsalarni qoʻyib, Uning Oʻziga yanada kuchli bogʻlanishga, Uning Oʻzidangina yordam soʻrashga, Oʻz yoʻlidan ogʻishmay borishga amr qildi: