QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят78

أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِدُلُوكِ ٱلشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ ٱلَّيْلِ وَقُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ ۖ إِنَّ قُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Quyosh og`ishidan to tun qorong`usigacha namozni to`kis ado qil. «Fajr Qur'oni»ni ham. Albatta, «fajr Qur'oni» guvohlantirilgandir.Қуёш оғишидан то тун қоронғусигача намозни тўкис адо қил. «Фажр Қуръони»ни ҳам. Албатта, «фажр Қуръони» гувоҳлантирилгандир.Alauddin Mansour: Quyosh ogʻishidan to tun qorongʻusigacha namozni toʻkis ado qiling va tonggi oʻqishni (bomdod namozini) ham (toʻkis ado qiling). Zero tonggi oʻqish (kecha va kunduz farishtalari) hozir boʻladigan namozdir.Қуёш оғишидан то тун қоронғусигача намозни тўкис адо қилинг ва тонгги ўқишни (бомдод намозини) ҳам (тўкис адо қилинг). Зеро тонгги ўқиш (кеча ва кундуз фаришталари) ҳозир бўладиган намоздир.

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَقِمِtoʻkis ado qilтўкис адо қилٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниلِدُلُوكِogʻishidanоғишиданٱلشَّمْسِquyoshқуёшإِلَىٰto -gachaто -гачаغَسَقِqorongʻusiқоронғусиٱلَّيْلِtunтунوَقُرْءَانَva Qurʼoniniва Қуръониниٱلْفَجْرِ ۖfajrфажрإِنَّalbattaалбаттаقُرْءَانَQurʼoniҚуръониٱلْفَجْرِfajrфажрكَانَerurэрурمَشْهُودًۭاguvohlantirilganгувоҳлантирилган
TafsirТафсир

Koʻpchilik tafsirchi ulamolarimiz, ushbu oyati karimada besh vaqt namozni ado etishga ishora bor, deydilar.

Quyosh ogʻishi–zavolga ketishi bilan peshin namozi vaqti kiradi. Har bir narsaning soyasi aslidan ikki barobar kattalashganda asr namozi boʻladi. Quyosh botishi bilan shom, kecha qorongʻusi kelganda xufton namozlari oʻqiladi.

«Fajr Qurʼoni» deganda bomdod namozi nazarda tutilgan, deydilar. Chunki, bomdod namozida Qurʼon qiroati uzun boʻladi.

«Albatta, «fajr Qurʼoni» guvohlantirilgandir.»

Yaʼni, bomdod namozining oʻqilishiga kecha va kunduz farishtalari guvoh boʻladilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda, jumladan: «Sizlarga kechasi alohida farishtalar, kunduzi alohida farishtalar almashib kelib turadilar. Ular asr va bomdod namozlarida jam boʻladilar», deyiladi. Demak, ushbu ikki vaqt alohida eʼtiborli va barakali vaqtlardir.