QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят79

وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِۦ نَافِلَةً لَّكَ عَسَىٰٓ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechaning ba'zisida u ila bedor bo`l. Senga nofila bo`lsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.Кечанинг баъзисида у ила бедор бўл. Сенга нофила бўлсин. Шоядки, Роббинг сени мақтовли мақомда тирилтирса.Alauddin Mansour: Kechaning (bir qismida) uygʻonib oʻzingiz uchun nafl (ibodat) boʻlgan namozni oʻqing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat Kunida Buyuk Shafoatni — hisob-kitobni boshlashini Allohdan soʻrab beruvchi) maqtovli maqomda tiriltirur.Кечанинг (бир қисмида) уйғониб ўзингиз учун нафл (ибодат) бўлган намозни ўқинг! Шоядки, Парвардигорингиз сизни (Қиёмат Кунида Буюк Шафоатни — ҳисоб-китобни бошлашини Аллоҳдан сўраб берувчи) мақтовли мақомда тирилтирур.

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -sidaва -сидаٱلَّيْلِkechaning baʼziкечанинг баъзиفَتَهَجَّدْbas, bedor boʻlбас, бедор бўлبِهِۦu (Qurʼon) ilaу (Қуръон) илаنَافِلَةًۭnofila boʻlsinнофила бўлсинلَّكَsengaсенгаعَسَىٰٓshoyadkiшоядкиأَن-sa-саيَبْعَثَكَseni tiriltirsaсени тирилтирсаرَبُّكَRobbingРоббингمَقَامًۭاmaqomdaмақомдаمَّحْمُودًۭاmaqtovliмақтовли
TafsirТафсир

Yaʼni, tunning bir qismini u(Qurʼon)ni oʻqib, bedor oʻtkaz. Tun namozi boʻlmish tahajjudni–bedorlik namozini-da oʻqi. Bu senga qoʻshimcha, ixtiyoriy va fazilat keltiruvchi nafl namoz boʻlsin. Shunday qilsang:

«Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa».

Biz «maqtovli maqom» deb tarjima qilgan ibora «maqomi mahmud» shaklida mashhur boʻlib, diniy maʼlumotlardan xabardor kishilar orasida ham tarjima qilinmay, «maqomi mahmud» lafzi ila ishlatiladi. «Maqomi mahmud»–Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni avvalgilaru oxirgilar maqtaydigan maqom, u kishiga berilgan «ulkan shafoat» maqomidir.

Tafsirchi ulamolarimiz, oyatdagi «shoyadki» soʻzi Alloh taolo tomonidan aytilgani uchun shak-shubhani emas, haqiqatni, albatta boʻlishini anglatadi, deydilar.

Alloh taolo Oʻzining oxirgi Paygʻambarini, mahbubini, oʻtganu qolgan gunohlarini Oʻzi kechgan zotni, ikki dunyoning sarvari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni «maqomi mahmud»ga erishish uchun namozlarni qoldirmay toʻla-toʻkis ado etishga, buning ustiga, kechasi bedor boʻlib, tahajjud namozi oʻqishga amr qilishi namozning naqadar muhim ibodat ekanini bildirib turibdi. Namozning shu darajada ahamiyatli ibodat ekanini bila turib umrida peshonasi sajda koʻrmay ham musulmonlik daʼvosini qilayotganlar va jannatdan umidvor boʻlayotganlardan hayron boʻladi odam.