وَقُل رَّبِّ أَدْخِلْنِى مُدْخَلَ صِدْقٍ وَأَخْرِجْنِى مُخْرَجَ صِدْقٍ وَٱجْعَل لِّى مِن لَّدُنكَ سُلْطَـٰنًا نَّصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga O`z huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin.Ва: «Эй Роббим, мени кирадиган жойимга содиқлик ила киритиб, чиқадиган жойимга содиқлик билан чиқаргин ва менга Ўз ҳузурингдан ёрдам берувчи қувват ато эт», дегин.Alauddin Mansour: Va ayting: «Parvardigorim, meni (qabrimga) haqqi-rost (yaʼni, gunohlardan pok boʻlgan holimda) doxil qilgin va (Qiyomat Kuni tiriltirganingda ham) haqqi-rost (oʻng tomonim bilan) chiqargin, hamda men uchun oʻz dargohingdan bir madadkor quvvat ato qilgin».Ва айтинг: «Парвардигорим, мени (қабримга) ҳаққи-рост (яъни, гуноҳлардан пок бўлган ҳолимда) дохил қилгин ва (Қиёмат Куни тирилтирганингда ҳам) ҳаққи-рост (ўнг томоним билан) чиқаргин, ҳамда мен учун ўз даргоҳингдан бир мададкор қувват ато қилгин».
Ushbu oyati karimada Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishi orqali barcha moʻmin-musulmonlarga qanday duo qilish kerakligini oʻrgatmoqda. Bu duoga binoan, iymonli inson hamma ishlarida sodiq boʻlishga harakat qilishi va bunda Alloh taolodan yordam soʻrashi lozimligi maʼlum boʻlmoqda. Shu bilan birga, banda Alloh taolodan:
«menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», deb soʻramogʻi, duo qilmogʻi lozimdir. Alloh quvvat ato etmasa, bandaning qoʻlidan hech narsa kelmaydi.