QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят81

وَقُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَزَهَقَ ٱلْبَـٰطِلُ ۚ إِنَّ ٱلْبَـٰطِلَ كَانَ زَهُوقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Haq keldi, botil yo`q bo`ldi. Zotan, botil doimo yo`q bo`lguvchidir».Ва: «Ҳақ келди, ботил йўқ бўлди. Зотан, ботил доимо йўқ бўлгувчидир».Alauddin Mansour: Yana ayting: «Haqiqat (yaʼni, Islom) keldi va botil (yaʼni, kufr) oʻchib-yoʻqoldi. Chunki botil yoʻqolguvchi narsadir».Яна айтинг: «Ҳақиқат (яъни, Ислом) келди ва ботил (яъни, куфр) ўчиб-йўқолди. Чунки ботил йўқолгувчи нарсадир».

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقُلْva deginва дегинجَآءَkeldiкелдиٱلْحَقُّhaqҳақوَزَهَقَva yoʻq boʻldiва йўқ бўлдиٱلْبَـٰطِلُ ۚbotilботилإِنَّzotanзотанٱلْبَـٰطِلَbotilботилكَانَerurэрурزَهُوقًۭاdoimo yoʻq boʻlguvchiдоимо йўқ бўлгувчи
TafsirТафсир

Haq keldi, iymon keldi, Islom keldi. Botil yoʻq boʻldi. Kufr yoʻq boʻldi. Shirk yoʻq boʻldi. Haq bor joyda botilga oʻrin yoʻq. Haq kelgandan soʻng botil yoʻq boʻlishi tabiiy.

«Zotan, botil doimo yoʻq boʻlguvchidir.»

Chunki, botilda yoʻq boʻlishlik tabiati bordir. Unda doimiylik sifati yoʻqdir. Botil gʻayritabiiy, nohaq omillar, sabablar va kuchlar vositasida zoʻrma-zoʻraki va vaqtincha turadi. Haq kelishi bilan zoʻraki omillar oʻz-oʻzidan tarqab ketadi. Kufr, shirk, xudosizlik va ulardan kelib chiqadigan tushunchalarga asoslangan mafkuralar, tuzumlar va jamiyatlar ana shunday zoʻraki omillar ila tutib turiladi. Ammo, haq, yaʼni iymon va Islom kelishi bilan ular yoʻq boʻladi.