QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят82

وَنُنَزِّلُ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ مَا هُوَ شِفَآءٌ وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ ۙ وَلَا يَزِيدُ ٱلظَّـٰلِمِينَ إِلَّا خَسَارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Qur'onni mo`minlar uchun shifo va rahmat o`laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.Биз Қуръонни мўминлар учун шифо ва раҳмат ўлароқ нозил қилурмиз. У золимларга зиёндан бошқани зиёда қилмас.Alauddin Mansour: Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilurmiz. (Lekin bu oyatlar) zolim-kofir kimsalarga faqat ziyonni ziyoda qilur.Биз мўминлар учун шифо ва раҳмат бўлган Қуръон оятларини нозил қилурмиз. (Лекин бу оятлар) золим-кофир кимсаларга фақат зиённи зиёда қилур.

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنُنَزِّلُva Biz nozil qilurmizва Биз нозил қилурмизمِنَ-dan-данٱلْقُرْءَانِQurʼonҚуръонمَاnarsakiнарсакиهُوَuуشِفَآءٌۭshifoшифоوَرَحْمَةٌۭva rahmatва раҳматلِّلْمُؤْمِنِينَ ۙmoʻminlar uchunмўминлар учунوَلَاva emasва эмасيَزِيدُziyoda qilmasзиёда қилмасٱلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаإِلَّاboshqaбошқаخَسَارًۭاziyondanзиёндан
TafsirТафсир

Darhaqiqat, Qurʼoni Karim shifodir, Qurʼoni Karim rahmatdir. Qurʼoni Karim kufr, shirk va munofiqlik kabi eng zararli aqiydaviy xastaliklarni davolaydi.

Qurʼoni Karim qalblardagi turli illatlarning–hiqdu hasad, baxillik, manmanlik, mutakabbirlik va boshqa kasalliklarning shifosidir.

Qurʼoni Karim turli axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, muomalaviy, siyosiy va boshqa kasalliklarga shifo boʻladi.

Turli dardlarga davo boʻluvchi bu shifoni borliqqa nozil qilgan Zot borliqni Oʻzi yaratgan va unga qanday shifo kerakligini ham yaxshi biladi. Bu dunyo turli moddiy va maʼnaviy kasalliklarga toʻlib-toshgan kasalxona boʻlsa, oʻsha kasalxonaning bosh tabibi Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bu hammabop davoni Alloh taoloning Oʻzi nozil qilgandir.

Shuningdek, Qurʼoni Karim moʻminlar uchun rahmat hamdir. U har bir narsada–shaxsiy, aqiydaviy, oilaviy, ijtimoiy, xalqaro, siyosiy, iqtisodiy, sihhiy va boshqa sohalarda rahmatdir. Unga amal qilganlar har taraflama rahmatga sazovor boʻladilar.

Qurʼoni Karimning mazkur shifolaridan davo olish uchun, u orqali mazkur shomil rahmatga noil boʻlish uchun moʻmin boʻlish kerak. Moʻmin boʻlmagan odam bu narsalardan mahrumdir.

«U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.»

Zolimlar–sof fitratga zulm qilib, iymon oʻrniga kufr keltirganlardir. Ular iymonga chaqiruvchi Qurʼon oyatlariga iymon keltirmaganlari va amal qilmaganlari uchun, gunohlari, ziyonlari ziyoda boʻlib boraveradi. Unday inson shifodan va rahmatdan benasib boʻladi. U doimo ziyon ustiga ziyon koʻrib boraveradi.