QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят83

وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى ٱلْإِنسَـٰنِ أَعْرَضَ وَنَـَٔا بِجَانِبِهِۦ ۖ وَإِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ كَانَ يَـُٔوسًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon Biz insonga ne'mat ato etsak, yuz o`girur va chetga burilib, uzoqlashur. Qachon uni yomonlik tutsa, noumid bo`lur.Қачон Биз инсонга неъмат ато этсак, юз ўгирур ва четга бурилиб, узоқлашур. Қачон уни ёмонлик тутса, ноумид бўлур.Alauddin Mansour: Qachon Biz insonga (tinchlik, salomatlik, toʻkinlikni) inʼom etsak, u (shukr qilishdan) yuz oʻgirib, chetga burilib ketur. Qachon unga (xastalik, kambagʻallik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid boʻlur.Қачон Биз инсонга (тинчлик, саломатлик, тўкинликни) инъом этсак, у (шукр қилишдан) юз ўгириб, четга бурилиб кетур. Қачон унга (хасталик, камбағаллик каби) бирор ёмонлик етса, ноумид бўлур.

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَآva qachonва қачонأَنْعَمْنَاneʼmat ato etsakнеъмат ато этсакعَلَى-ga-гаٱلْإِنسَـٰنِinsonинсонأَعْرَضَyuz oʻgirurюз ўгирурوَنَـَٔاva uzoqlashurва узоқлашурبِجَانِبِهِۦ ۖchetga burilibчетга бурилибوَإِذَاva qachonва қачонمَسَّهُuni tutsaуни тутсаٱلشَّرُّyomonlikёмонликكَانَboʻlurбўлурيَـُٔوسًۭاnoumidноумид
TafsirТафсир

Iymonsiz–kofir insonning holi shunday. Kofirligi tufayli shifodan va rahmatdan bebahra qolgan. Natijada, unga qachon neʼmat yetsa, oʻzidan ketadi, hovliqib, haddan oshadi. Neʼmat beruvchiga shukr qilish oʻrniga, undan yuz oʻgirib, chetga burilib, uzoqlashadi. Xuddi shu sababdan, unga yomonlik yetganda ham, oʻzini notoʻgʻri tutadi. Sabr qilib, Allohdan yordam soʻrash oʻrniga, noumid boʻladi. Iymonsizlikning oqibati–shu.

Ey Paygʻambar!