قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَىٰ شَاكِلَتِهِۦ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَىٰ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Har kim o`z holicha amal qilur. Bas, Robbingiz kim to`g`ri yo`ldaligini yaxshi bilguvchidir», deb ayt.Сен: «Ҳар ким ўз ҳолича амал қилур. Бас, Роббингиз ким тўғри йўлдалигини яхши билгувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Har kim oʻz holicha amal qilur. Parvardigoringiz Toʻgʻri Yoʻldagi zotlarni juda yaxshi bilur (va har kimga qilgan ish-amaliga muvofiq jazo-mukofot berur»).Айтинг: «Ҳар ким ўз ҳолича амал қилур. Парвардигорингиз Тўғри Йўлдаги зотларни жуда яхши билур (ва ҳар кимга қилган иш-амалига мувофиқ жазо-мукофот берур»).
Yaʼni, har bir odam eʼtiqodiga muvofiq oʻz uslubi ila ish olib boraveradi. Oʻsha eʼtiqod va amallarga qarab hukm chiqarish Alloh taologa havola. Uning Oʻzi kim nimaga eʼtiqod qilyapti-yu, qanday amal qilyapti–hammasini yaxshi bilib turguvchi Zotdir.